331
chiqarishning asoslangan xarajatlari asosida o’rnatiladi. Kelishuv narxlari esa yoki
individual xarajatlar,
yoki foydalanish parametrlari, yoki talab va taklifning
o’zgarishi asosida aniqlanadi. Real narxni shakllantirish masalasi hozirgi davrda
subyektlarda ishlab chiqarishning tushib ketishida ortiqcha quvvatlarning vujudga
kelishi, ularni ta’minlash sarflarining oshishi, mehnat unumdorligining pasayishi,
inflatsiya va qo’shimcha qiymat solig’ini hisoblash uslubining mavjudligi uchun
qiyinlashgan.
Subyektning ma’muriyati iqtisodiy asoslangan narxni o’rnatish
uchun qator
muammolarni yechishi kerak: qaror qabul qilishda hisobga olinadigan
xarajatlarning tarkibini asoslash; kalkulatsiya qilish uslubini tanlash;
doimiy
xarajatlar minimal bo’lgan ishlab chiqarish darajasini o’rnatish; subyekt
foydasining summasini hisoblab chiqish.
Birinchi uchta masala ishlab chiqarish faoliyati haqidagi bobda ko’rib
chiqilgan. Subyektning foydasini formula bo’yicha va foyda bilan ishlab chiqarish
hajmining o’zaro aloqasini aks ettiruvchi grafik usuli yordamida hisoblab chiqish
mumkin.
Formula bo’yicha foydani hisoblash usuli sof foyda tenglamasi va kapitalning
qaytimiga asoslangan:
Fond qaytimi x Ustav kapitali
R
=
O’tgan yil uchun ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarning
umumiy summasi
x
100
bu yerda, R- mahsulot rentabelliginining darajasi.
Fond (kapital) qaytimining me’yori
=
Sof foyda
Hissadorlik kapitali
332
Masala. Mazkur sanoat tarmog’i uchun fond qaytimining o’rtacha me’yori 10
%. Ustav kapitali- 200 mln. so’m. Mahsluot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar-
400 mln. so’m, shunda
rentabellik
R = 10% x 200000
x
100 = 5 % tashkil etadi.
400000
Agar subyektning foydasi hisob narxidan past bo’lsa. unda narxni
kalkulatsiya qilishda foydaning o’rtacha me’yoridan yoki uning ozmuncha
o’sishini hisobga olgandan kelib chiqadi. Inflyatsiya sharoitlarida foydaning
o’rtacha me’yoriga subyektda inflatsiyani kompensatsiya
qilish uchun tuzilgan
zaxiralarning qiymati qo’shiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, inflatsiya sharoitlarida
va subyektning xarajatlarni pasaytirishga qaratilgan qiziqishlari bo’lmagan paytda
formulalarning ma’luomtlari juda muammoli hisoblanadi.
Narxni o’rnatishga xarajatlar eng katta ta’sirni ko’rsatadi. Хarajatlarning
tarkibini tanlashda quyidagi formula qo’llaniladi:
1. O’zgaruvchan ishlab chiqarish sarflari + daromad.
2. Umumiy o’zgaruvchan sarflar + daromad.
3. Ishlab chiqarish tannarxi + daromad.
4. Тo’liq tannarx + daromad.
Хarajatlarning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi zararsizlikni tahlil qilishda
o’rganib chiqilgan. Bu yerda asosiy e’tibor foydaning ishlab chiqarish hajmiga
bog’liqligiga qaratilgan, chunki mahsulotga bo’lgan narxning o’zgarishi ishlab
chiqarish hajmining o’zgarishi bilan yoki sotishdan olingan yalpi foydaning
o’zgarishi bilan bog’liq.
Narxlarni, mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar, doimiy
xarajatlar va ishlab chiqarish hajmining o’zgarishlari o’rtasidagi o’zaro
aloqa
quyidagi 9.5-chizmada ko’rsatilgan.
334
Mahsulot birligining sotish narxi- 165 so’m (150 x 10% = 15);
Mahsulot birligiga bo’lgan o’zgaruvchan xarajatlar- 90 so’m(100 x 10% = 10);
Doimiy xarajatlar- davr uchun 36 ming so’m (40 x 10% = 4);
Hamma o’zgarishlar natijasidagi joriy foyda ((165-90) x 2200 -36000) =
129000 so’m.
9.5-jadval
Ko’rsatkichlarning o’zgarishidan olingan natija
Dostları ilə paylaş: