263
XII BOB. KORXONA INVESTISION FAOLIYATI TAHLILI
12.1. Investisiyalar mazmuni, tasniflanishi va davlat tomonidan tartibga
solinishi
Bozor munosabatlari sharoitida investisiya faoliyatini
davlat tomonidan
tartibga solish O‘zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini ta’minlaydigan investisiya
siyosatini
amalga oshirish, investisiyalar samaradorligini oshirish, O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi turli investisiya obyektlariga qo‘yilmalar
uchun xavfsiz
shart-sharoitlarni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamizda investisiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish
quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
-
investisiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
-
investisiya faoliyatini rivojlantirish uchun qulay
shart-sharoitlar yaratish
va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini taqdim etish;
-
O‘zbekiston Respublikasi hududida maxsus iqtisodiy zonalarni va kichik
sanoat zonalarini barpo etish;
-
asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizasiya qilish huquqini berish;
-
texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
-
raqobatni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;
-
er uchastkalariga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan
foydalanish shartlarini belgilash.
Bugungi kunda investisiyalar va investisiya faoliyatini tartibga solishning
normativ-huquqiy bazasi mavjud bo‘lib, jumladan O‘zbekiston
Respublikasining
“Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq
“
Dostları ilə paylaş: