5.2.4. Ko‘rsatkichlar farqi usuli va uni tahlilda qo‘llanilishi Tahlilda ko‘rsatkichlar farqi usuli natijaga omillar ta’sirini hisoblashda keng
qo‘llaniladi. Xo‘jalik faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Bunda bir ko‘rsatkich natija deb qaralsa, shunga bog‘liq
bo‘lgan qolgan ko‘rsatkichlar ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida qaraladi.
Bu usulning mohiyati shundaki, natija ko‘rsatkichiga omillar ta’sirini
aniqlash uchun hisoblanayotgan omilning farqi olinib, qolgan omillarning
joylashish tartibiga qarab o‘tgan davrdagi yoki hisobot davridagi miqdori olinadi.
Bu usulning mohiyatini aniq amaliy misolda yaqqolroq ko‘rish mumkin. Masalan,
fermer xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulot (bug‘doy), yalpi hosili (YaH) natija
ko‘rsatkichi deb olinsa, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar bevosita ekin
maydonining miqdori (M) va o‘rtacha hosildorlik (H) hisoblanadi. Demak, natija
ko‘rsatkichi bilan unga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi:
YaH = M × H, (5.4)
Ko‘rsatkichlar farqi usuli bilan ushbu formuladagi omillarning ta’sirini
aniqlaydigan bo‘lsak, birinchi omil, ya’ni ekin maydoni miqdorining (∆M) olingan
yalpi hosil miqdoriga ta’sirini hisoblash uchun shu omilning farqini ikkinchi omil,
ya’ni o‘rtacha hosildorlikning o‘tgan yildagi ko‘rsatkichiga ko‘paytirish kerak.
Ya’ni:
±∆YaH
m
= (M
1
– M
0
) × H
0
Ikkinchi omil, ya’ni o‘rtacha hosildorlikning (∆H) olingan yalpi hosil hajmi
o‘zgarishiga ta’sirini topish uchun shu omilning farqi birinchi omilning, ya’ni ekin
maydoni miqdorining hisobot yilidagi miqdoriga ko‘paytirish lozim. Ya’ni:
±∆YaH
h
= (H
1
– H
0
) × M
1
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi omillar ta’sirining yig‘indisi natijaning
umumiy farqiga teng bo‘lishi lozim:
±∆YAH = (±∆YAH
m
) + (±∆YAH
h
)
Yuqoridagi bog‘lanishlarni aniq amaliy misollar yordamida ko‘rib chiqish
95
mumkin (5.4-jadval). Bu esa, tavsiya qilinayotgan nazariy hisob-kitoblarning
amaliyotga qo‘llanilishidan ham dalolat beradi.