Lazerli payvandlash texnologiyasi va jihozlari bilan taxliliy ishlash



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix26.09.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#148972
  1   2   3   4
65-68



 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 16
Часть–1_ Март–2023
 
65 
2181-3187 
LAZERLI PAYVANDLASH TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI 
BILAN TAXLILIY ISHLASH 
 
Jurayev Abdullajon Ibragimovich 
AndMI «TMJ» kafedrasi assistenti 
Abdulxakimov Xojiakbar Shavkatbek o‘g‘li 
AndMI «TMJ» yoʻnalishi 3-kurs
14-20 guruh talabasi 
 
Kirish. 
Hozirgi kunda ishlab chiqarishning deyarli har bir sohasida, ayniqsa 
mashinasozlik va metallurgiya korxonalarida payvandlashdan keng qo’llanilib 
kelinmoqda. 
Payvandlash texnikasi va texnologiyasi hozirgi kunda deyarli barcha ishlab 
chiqarish sohalarida asosiy omil hisoblanadi. Chunki hozirda mashinasozlikdan tortib 
tibbiyot sohasida inson suyaklarida ham payvandlash ishlarini amalga oshirish 
mumkin. Bugungi kundagi mashinalarni, kosmik kemalar, suv osti kemalari va yangi 
zamonaviy uylarni ham payvandlashsiz tayyorlashning imkoni yo’q. Hozirgi 
rivojlanayotgan davrda hamma sohaga yuqori talab qo’yilgani kabi payvandlashga 
ham yangi va yuqori talablar qo’yilmoqda. Masalan yaqin o’tmishda payvandlanishi 
imkonsiz bo’lgan materiallarni hozirda hech qanday qiyinchiliksiz payvandlash imkoni 
mavjud. Bularga titan, noibiy berelliyli qotishmalar, molibden, volfram kabi 
mustahkamligi yuqori bo’lgan qotishmalarni misol qilib olish mumkin. Shu bilan birga 
millimetrning ulushlaridan tortib bir necha yuz millimetrgacha qalinlikdagi metallarni 
payvandlash imkoni mavjud. Lekin yangi payvandlash usuli paydo bo’lganidan so’ng, 
shunga yarasha qo’shimcha qiyinchiliklar ham paydo bo’lmoqda. Bularga suv ostida 
payvandlash, yuqori haroratda payvandlash, vaznsizlik holatida payvandlash
radiatsion muhitda payvandlash misol bo’ladi Payvandlash ishlab chiqarishdagi eng 
asosiy texnologik jarayonlardan biri hisoblanadi. 
Asosiy qism.
Lаzеrli pаyvаndlаsh – bu eritib pаyvаndlаsh usuli bo‘lib, bundа 
dеtаlni qizdirish uchun lаzеr nurlаnish enеrgiyasi qo‘llаnilаdi.
XX аsrning 60-yillаridа rus fiziklаri N.G. Bаsоv vа А.M. Prоxоrоv vа аmеrikаlik 
fizik Ch. Tаunslаrning ishlаri аsоsidа оptik kvаnt gеnеrаtоrlаr yoki lаzеrlаr ishlаb 
chiqildi. Birinchi bo‘lib mеtаllаrni lаzеrli pаyvаndlаsh mа’lumоtlаri 1962-yilgа 
tеgishli. 1964–1966-yillаrdа rubinli qаttiq jismli lаzеrlаr ishlаb chiqilgаndаn so‘ng, 
lаzеr qurilmаlаri ishlаb chiqildi.
Lаzеrli pаyvаndlаshdа issiqlik mаnbаyi sifаtidа, mаxsus qurilmаdаn оlinаdigаn 
tеxnоlоgik lаzеr dеb аtаluvchi kuchli kоnsеntrаtlаshgаn yorug‘lik nuri ishlаtilаdi. 



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin