1-Ma’ruza: “Ma’lumotlar bazasi” fanining maqsadi, vazifalari va asosiy
tushunchalari.
Reja:
1. Fanga kirish. Asosiy tushuncha va ta’riflar.
2. Ma’lumotlar bazalari va fayl tizimlari. Fayllarni nomlash. Fayllarni ximoyalash.
Fayllarni tuzilishi.
3. Ko’p foydalanuvchiga asoslangan murojaat rejimi. Fayllarni qo’llanish soxalari.
Axborot tizimlarining yaratilishiga bo’lgan extiyoj va talablar.
Annotatsiya: MBning asosiy vazifalari va hususiyatlari, ma’lumotlar bazasi
modeli, MBda ishlash texnologiyasi asoslari haqida ma’lumotlar berish, amaliy
malaka-ko’nikmalarini rivojlantirish va mustahkamlash.
Keng ma’noda
Ma’lumotlar bazasi(MB)
deganda
real dunyoning konkret
ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to’plamini tushirish mumkin. Lekin ma’lumotlar
xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan
muommo ob’ekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yuli bilan xal
kilinadi.
Ob’ekt
-bu mavjud va farklanishi mumkin bulgan narsadir. Ob’ektlarga
tegishli bir kator ma’lumotlar borki, ularning to’plami MB bula oladi. Masalan, xar
bir akademik-litsey yoki kasb-xunar kolleji-bu ob’ektlar bulsa, ulardagi ukuvchilar
haqidagi ma’lumotlar tuplami MBga misol bula oladi.
Xar kanday jiddiy MBning yaratilishi uning loyixasini tuzishdan boshlanadi.
MB loyixalovchisining asosiy vazifasi ob’ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni
tanlash, ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni o’rnatishdan iborat.
MBni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar buyicha
tartiblashga va belgilarning turli birikmalari buyicha zarur ma’lumotlarni
(tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga xarakat kiladi. Bu ishlarni
ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bulgandagina bajarish mumkin.
Zamonaviy MB
texnalogiyasida MBni yaratish,
unga xizmat kursatish va
foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish maxsus dasturiy uskunalar
yordamida amalga oshiriladi. Bunday dasturiy
uskunalar yordamida amalga
oshiriladi. Bunday dasturiy uskunalar majmuasi