Ma’lumotlar bazasi


M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i



Yüklə 221,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix26.09.2023
ölçüsü221,14 Kb.
#148988
1   2   3   4
1-mavzu

M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i
– bu ma’lum bir predmet sohasiga oid 
tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan 
to‘plamidir.
Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib 
hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini 
engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu 
tizimlar
ma’lumotlar 
bazasini 
amaliy 
dasturlardan 
ajratadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat 
vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi 
ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi 
mumkin. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham 
ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, 
Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.
M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – 
bu 
ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur 
axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til 
vositasidir. 
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar 
bilan chambarchas bog‘liq . Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni 


elementar birligi bo‘lib, u axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan 
rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan 
foydalaniladi: 
Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji
mutaxassisligi. 
1-maydon 
nomi 
2-maydon 
nomi 
3-maydon 
nomi 
. . . 
N-maydon 
nomi 
Yozuv 
Yozuv 
Yozuv 
Yozuv 
Yozuv 
Ma’lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari 
Maydon turi, masalan, son (chislovoy), simvol (simvolьnыy), sana/vaqt 
(data/vremya), mantiqiy (logicheskiy). 
Maydon uzunligi (o‘lchami), masalan, eng ko‘p simvollar sig‘imi;
Maydon aniqligi, (son tipidagi ma’lumotlar uchun) masalan, sonning o‘nlik ksr 
qismini aks ettirish uchun o‘nlik raqamdan to‘rtta. 
Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun 
uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan 
aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv 
ob’ektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi. 
Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. 
U o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega. 
Misol . STUDENT faylidagi (jadvalidagi) yozuvlarning mantiqiy 
strukturasini tavsiflashga doir misolda ko‘rsatilgan. STUDENT faylidagi yozuvning 
tuzilishi chiziqli bo‘lib, u o‘zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv 


maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga 
murojaat uning nomeri bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Fayl nomi STUDENT 
Maydon 
Kalit 
belgisi 
Maydon formati 
Nomni 
belgilash 
To‘liq nomlanish 
(rekvizit) 
Tip 
Uzun- 
ligi 
Aniq- 
ligi 
Nomer 
Talaba 
reyting 
daftarchasi nomeri 

simvol 
10 
Famil 
Talaba familiyasi 
simvol 
10 
Ismi 
Talaba ismi 
simvol 

Ota.ismi 
Talaba otasi ismi 
simvol 
10 
T_kun 
Talabaning 
tug‘ilgan sanasi 
sana 

O’rta_baho Talabaning 
o‘rtacha bahosi 
son 


STUDENT faylidagi yozuvlar mantiqiy tuzilishini tavsifi 
Har bir MB jadvali o‘zining birlamchi kalitiga ega bo‘lishi 
mumkin. Birlamchi kalit deganda ezuvlar kaytarilmasligini ta’minlovchi maydon 
(polya) yoki maydonlar guruxi tushiniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan 
maydon eki maydonlar guruxi, bir xil yozuvga ega bo‘lmaslik shartini bajarishi 
kerak. Boshqa maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular 
birlamchi kalit bo‘laolmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil 


topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, 
jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. 
Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali 
strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi. 
Bosh jadval yordamida qaram jadvaldagi mos ma’lumotlarni chaqirishni 
ta’minlash uchun qaram jadvalda tashqi kalit tashkil qilinadi. “Bitta-ko‘pga” 
bog‘lanish holatida tashqi kalit bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi 
kalitlarni aniqlashda MBBT avtomatik ravishda jadvalda indekslarni quradi. 
 
Takrorlash uchun savollar 
1.
MB deganda nimani tushunasiz? 
2.
MBni tashkil qilish tamoyillarini aytib bering? 
3.
MBning asosiy vazifasi nimadan iborat? 
4.
Ma’lumotlar bazalari va fayl tizimlari nimadan iborat? 

Yüklə 221,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin