Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti


-mavzu. Badiiy tahlilning mohiyati va yetakchi tamoyillari



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/34
tarix26.09.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#149145
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Badiiy matn tahlili МАЖМУА

2-mavzu.
Badiiy tahlilning mohiyati va yetakchi tamoyillari.
Badiiy asar 
mohiyati muayyan tamoyillarga suyangan holdagina ochilishi mumkinligi. 
Badiiy tahlilda boshqa ilmlardagi kabi bir xil xulosa chiqarish mumkin 
emasligi. Tahlilning xolis va asosli ekanini ta’minlash uchun a) tugal tahlilning 
bo‘lishi mumkin emasligi; b) har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza ekanligi; 
v) badiiy asar g‘oyani ifodalash vositasi emasligi; g) badiiy asar voqelikning 
nusxasi bo‘lmasligi; d) har qanday xulosa faqat badiiy matndan keltirib 
chiqarilishi kerakligi singari tamoyillar borligi. Badiiy tahlilning bulardan 
tashqari yaxlitlik, tizimlilik, estetik asoslarning ustuvorligi, emotsionallik, 
individuallik, tarixiylik, asoslilik singari ham bir qator tamoyillari mavjudligi.
Badiiy tahlilning yo‘nalishlari. Tahlil qilinayotgan asarga qaysi jihatdan 
yondashish, uning qanday qirrasini tadqiq etish lozimligini aniqlash tahlilning 
yo‘nalishini tayin etishi. Ilmda badiiy tahlilning: tipologik, funksional, falsafiy, 
psixologik va filologik singari yo‘nalishlari ko‘rsatilishi. Badiiy tahlilning 
saviyasi ko‘p jihatdan uning qanday yo‘nalishda amalga oshirilganligiga bog‘liq 
ekani.
 
Badiiy tahlil turlari. Badiiy asarni qay darajadadir to‘laroq anglash uchun 
uni ilmiy tadqiq etishning uch bosqichi to‘la bosib o‘tilishi zarur. Bunda tahlil 
yechimi a) boshlang‘ich idrok darajasida asarni butunisicha anglash; b) keyin 
uni unsurlari bo‘yicha sinchiklab tahlil qilish; v) ilmiy tadqiqot natijalarini 
tizimli yo‘sinda umumlashtirish, ya’ni sintezlash singari bosqichlardan iborat
bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Badiiy asarni ilmiy tahlil qilishda undagi barcha
mazmuniy xususiyatlarga xos qirralarga to‘xtalib, ularning estetik vazifasi 
qanchalik o‘rinatilganini asoslash, adabiy yaratiqning oldin mavjud bo‘lgan 
tajibalardan qanday foydalangani-yu, tasvir tajribasiga qanday yangiliklar 


101 
kiritganini qayd etish, asarning orginalligini ta’minlagan omillar nimalardan 
iborat ekanini matnga tayangan holda ko‘rsatib berish ko‘zda tutiladi. Bunchalar 
murakkab vazifalar ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin: birinchisi – 
tekshiriladigan asar butunligicha, ya’ni unga xos barcha mazmuniy qirralar va 
unsurlar bir chetda qoldirmay, ilmiy tadqiq etiladi. Unga butunicha tahlil 
deyiladi; ikkinchisi – o‘rganilayotgan asar mohiyati namoyon bo‘ladigan 
jihatlar tanlab olinib ilmiy tadqiq etiladi va bunga tanlama tahlil deyiladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin