46
bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar
masalasiga ma‟lum bir o„zgartirishlar kiritish uchun asos bo„lib xizmat
qiladi. Boshqa bir misol. Militsiya yoki prokuratura xodimi jinoyatni sodir
qilishda shubhalanayotgan kishini hibsga olishdan avval uning xatti-
harakatlarini oldindan tuzilgan reja asosida, turli xil sharoitlarda tabiiy
holatda, unga xalaqit bermagan holda kuzatib boradi. Bu esa unga qat‟iy
bir qarorga kelishi uchun zarur bo„lgan faktlarni topishiga yordam berishi
mumkin.
Induktiv xulosa chiqarishning bilishdagi bosh vazifasi juz‟iy holni
umumiylashtirish, ya‟ni ayrim faktlarga xos xususiyatni berilgan sinfga
taalluqli barcha predmetlarga xos xususiyat darajasiga ko„tarish asosida
umumiy bilim hosil qilishdan iborat. O„z mazmuni va bilishdagi
ahamiyatiga ko„ra bu bilimlar kundalik tajribani umumlashtirish negizida
hosil qilinadigan eng oddiy umumlashmalardan tortib, to empirik va
nazariy qonunlar, gipotezalar, ilmiy nazariyalar darajasigacha yetgan
bilimlar bo„lishi mumkin.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to„liq va to„liqsiz induksiyalar
farq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: