bo„ladi. Bunday hukmlardan tasdiq xulosa chiqarib bo„lmaydi. Masalan:
Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.
Vatanga hiyonat qilish jinoyatdir
Xulosa: Vatanga xiyonat qilish jazosiz qolmaydi.
8. Asoslardan biri juz‟iy hukm bo„lsa, xulosa ham juz‟iy hukm bo„ladi. Masalan:
Yaxshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.
Ba‟zi yoshlar yaxshi farzanddir.
Xulosa: Ba‟zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.
Entimema. (Qisqartirilgan qat‟iy sillogizm) . Entimema deb,
asoslardan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi.
Entimema “aqlda”, “fikrda” degan ma‟noni anglatadi. Entimemada
sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Entimemalar uch
turli bo„ladi:
1. Katta asosi tushirib qoldirilgan.
2. Kichik asosi tushirib qoldirilgan.
3. Xulosasi tushirib qoldirilgan.
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo„lsin:
44
Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o„rganadi.
Sobirov falsafa fakultetining talabasi
Sobirov mantiq fanini o„rganadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko„rinishiga keltiramiz:
1. Sobirov falsafa fakultetining talabasi bo„lganligi uchun mantiq fanini
o„rganadi (katta asos tushirib qoldirildi).
2. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o„rganadilar, shu
jumladan Sobirov ham (kichik asos tushirib qoldirildi).
3. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o„rganadilar,
Sobirov esa shu fakultetning talabasidir (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayonida, notiqlik san‟atida keng
qo„llaniladi.
Epixeyrema. Epixeyrema – murakkab qisqartirilgan sillogizm bo„lib,
uning har ikki asosi qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan iborat
bo„ladi. Epixeyremaning sxemasi quyidagicha:
M – P dir, chunki M – N dir.
S – M dir, chunki S – O dir.
S – P dir.
Misol:
Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir, chunki ular haqiqatdir.
Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir, chunki ular tabiat qonunlaridir
Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir.
Epixeyremaning to„liq ko„rinishi quyidagicha:
1. Haqiqat – isbotlangan fikrdir. N – P dir
Ilmiy qonunlar – haqiqatdir. M – N dir
Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir. M – P dir
2. Tabiat qonunlari – ilmiy qonunlardir. O – M dir
Fizika qonunlari – tabiat qonunlaridir. S – O dir
Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir. S – M dir
3. Ilmiy qonunlar – isbotlangan fikrlardir. M – P dir
Fizika qonunlari – ilmiy qonunlardir. S – M dir
Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir. S – P dir.
Epixeyremadan bahs va munozaralarda, notiqlik san‟atida foydalaniladi.
Epixeyrema murakkab sillogizmning bir turi bo„lishiga qaramay, uning
45
tarkibidagi katta va kichik asosni, xulosani ajratib olish, farqlash oson
bo„lgani uchun ham, fikr yuritish jarayonida keng qo„llaniladi.