44
Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o„rganadi.
Sobirov falsafa fakultetining talabasi
Sobirov mantiq fanini o„rganadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko„rinishiga keltiramiz:
1. Sobirov falsafa fakultetining talabasi bo„lganligi uchun mantiq
fanini
o„rganadi (katta asos tushirib qoldirildi).
2. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o„rganadilar, shu
jumladan Sobirov ham (kichik asos tushirib qoldirildi).
3. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o„rganadilar,
Sobirov esa shu fakultetning talabasidir (xulosa tushirib qoldirildi).
Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayonida, notiqlik san‟atida keng
qo„llaniladi.
Epixeyrema.
Epixeyrema – murakkab qisqartirilgan sillogizm bo„lib,
uning har ikki asosi qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan
iborat
bo„ladi. Epixeyremaning sxemasi quyidagicha:
M – P dir, chunki M – N dir.
S – M dir, chunki S – O dir.
S – P dir.
Misol:
Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir, chunki ular haqiqatdir.
Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir, chunki ular tabiat qonunlaridir
Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir.
Epixeyremaning to„liq ko„rinishi quyidagicha:
1. Haqiqat – isbotlangan fikrdir. N – P dir
Ilmiy qonunlar – haqiqatdir. M – N dir
Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir. M – P dir
2. Tabiat qonunlari – ilmiy qonunlardir. O – M dir
Fizika qonunlari – tabiat qonunlaridir. S – O dir
Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir. S – M dir
3. Ilmiy qonunlar – isbotlangan fikrlardir. M – P dir
Fizika qonunlari – ilmiy qonunlardir. S – M dir
Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir. S – P dir.
Epixeyremadan bahs va munozaralarda, notiqlik san‟atida foydalaniladi.
Epixeyrema murakkab sillogizmning bir turi bo„lishiga qaramay,
uning