O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

4. Induktiv xulosa chiqarish 
Juz‟iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o„tish induksiya shaklida 
sodir bo„ladi (lotincha inductio – yagona asosga keltirish). 
Induktiv xulosa chiqarish e
mpirik umumlashtirish shaklida sodir 
bo„lib, unda birorta belgining ma‟lum bir sinfga mansub predmetlarda 
takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli 
barcha perdmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi. 
Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o„rnatilgan turli 
empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o„z aksini topadi, 
predmet va hodisalar haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga olib keladi. 
Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish hisoblanadi, ya‟ni 
uning asoslari ikkita va undan ortiq hukmlardan tashkil topgan bo„ladi. 
Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda 
qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning 
barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi. 
Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz‟iylik va 
umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni 
ifodalaydigan, juz‟iy xarakterga ega bo„lgan bilimlar umumiy bilimlarni 
hosil qilish uchun mantiqiy asos bo„lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi 
turg„un aloqalar, odatda, predmetlarning muhim zaruriy aloqalaridan iborat 
bo„lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. 
Asoslardagi yakka va juz‟iy faktlar haqidagi bilimlar esa ana shu 
qonuniyatlarning namoyon bo„lishini qayd etadilar. Induktiv xulosa 
chiqarish kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirish bilan bog„liq 
bo„lgani uchun, ular haqida qisqacha to„xtalib o„tamiz. 
Kuzatish predmet va hodisalarni o„rganishning eng oddiy, ko„p hollarda 
qo„llash mumkin bo„lgan usulidir. Unda subyekt (masalan, tadqiqotchi) 
kuzatilayotgan hodisaga bevosita ta‟sir o„tkazmasdan, uni tabiiy holatida 
o„rganadi. Bunda subyekt o„z sezgi organlari, tadqiqotlar olib boriladigan 
asbob-uskunalar (masalan, mikroskop, tunda ko„rish asbobi va shu kabilar) 
bilan ish ko„radi. 
Tabiiyki, kuzatish pala-partish, uzuq-yuluq holda emas, balki izchil
ko„pincha avvaldan tuzilgan reja (masalan, tadqiqot rejasi) asosida 
o„tkaziladi. Masalan, korxona rahbari uning turli bo„g„inlarida, 
bo„limlarida ishlayotgan mas‟ul xodimlarning, ishchilarning ishini 
sistemali ravishda, muntazam kuzatib boradi, induksiya asosida ma‟lum 


46 
bir xulosalarga keladi. Bu xulosalar boshqaruv strukturasi, kadrlar 
masalasiga ma‟lum bir o„zgartirishlar kiritish uchun asos bo„lib xizmat 
qiladi. Boshqa bir misol. Militsiya yoki prokuratura xodimi jinoyatni sodir 
qilishda shubhalanayotgan kishini hibsga olishdan avval uning xatti-
harakatlarini oldindan tuzilgan reja asosida, turli xil sharoitlarda tabiiy 
holatda, unga xalaqit bermagan holda kuzatib boradi. Bu esa unga qat‟iy 
bir qarorga kelishi uchun zarur bo„lgan faktlarni topishiga yordam berishi 
mumkin. 
Induktiv xulosa chiqarishning bilishdagi bosh vazifasi juz‟iy holni 
umumiylashtirish, ya‟ni ayrim faktlarga xos xususiyatni berilgan sinfga 
taalluqli barcha predmetlarga xos xususiyat darajasiga ko„tarish asosida 
umumiy bilim hosil qilishdan iborat. O„z mazmuni va bilishdagi 
ahamiyatiga ko„ra bu bilimlar kundalik tajribani umumlashtirish negizida 
hosil qilinadigan eng oddiy umumlashmalardan tortib, to empirik va 
nazariy qonunlar, gipotezalar, ilmiy nazariyalar darajasigacha yetgan 
bilimlar bo„lishi mumkin. 
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi: to„liq va to„liqsiz induksiyalar 
farq qilinadi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin