O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Ilmiy induksiya
ehtimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning 
asoslarida birorta belgining bir sinfga mansub predmetlarning bir qanchasida 
takrorlanishi qayd etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy aloqasi haqida 
ham ma‟lumot mujassamlashgan bo„ladi va ular xulosada berilgan predmetlar 
sinfiga nisbatan hosil qilingan fikrda o„z aksini topadi. 
Ommabop induksiyadan farqli o„laroq, ilmiy induksiyada bir sinfga 
mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgi shunchaki qayd etilib 
qolmasdan, balki u haqida to„laroq ma‟lumotga ega bo„lish, uning mavjud 
bo„lishi sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan 
bo„lgan aloqalari, xususan, sababiy bog„lanishlari o„rganiladi. Ana shuning 
uchun ham, ya‟ni hodisalarning sababini aniqlashga, ularni ifoda etuvchi 
qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham to„liqsiz induksiyaning bu 
turini ilmiy induksiya deb atashadi. 
Induktiv xulosa chiqarishni tahlil etishga yakun yasar ekanmiz, uning 
deduksiya bilan bo„lgan aloqasini alohida ta‟kidlab o„tish zarur. Bu 
aloqadorlik xuddi analiz va sintez o„rtasidagi aloqadorlik kabi zaruriy 
xarakterga ega. 
Falsafa, va demak, mantiq ilmi taraqqiyoti davomida ayrim 
mutafakkirlar bilishda deduksiyaning roliga yuqori baho berib, uni tadqiq 
etishga alohida e‟tibor qaratgan bo„lsa (masalan, Aristotel, Dekart), 
boshqalari induksiyaning imkoniyatlarini yuqori deb hisoblaganlar 
(Demokrit, Sokrat, Bekon, J.S. Mill), ba‟zilari esa ularni o„zaro bog„liq 
holda olib qarashga uringan (Galiley, Gegel). Buning o„z sababi bor. 
Induksiya va deduksiya bilishning turli bosqichlarida, turli xil bilish 
vazifalarini hal etishda turlicha ahamiyatga ega bo„ladi. Xususan, 
bilishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, tajriba natijalarini 
umumlashtirish jarayonida induksiyaga ko„proq murojaat qilinadi. Ana 
shuning uchun F. Bekon Yangi davrda tabiyotshunoslikning eksperimentga 
asoslanadigan yo„nalishlari rivoji uchun induksiya muhim ahamiyatga ega, 
deb ta‟kidlagan. Bilishning nazariy bosqichida, ayniqsa, aksiomatika 
qo„llaniladigan hollarda, deduksiyaga ko„proq murojaat qilinadi. 
Matematika va mantiqda bunday hollar ko„p uchraydi. O„z paytida Dekart 
buni yaxshi asoslagan. 


49 
Lekin, shunga qaramasdan, bilishning barcha bosqichlari, sohalari, 
yo„nalishlarida induktiv va deduktiv xulosa chiqarishning o„zaro 
aloqadorligini, birining ikkinchisisiz mavjud bo„la olmasligini kuzatish 
mumkin. Xususan, deduktiv xulosa chiqarishning asoslarini induktiv yo„l 
bilan hosil qilingan umumiy bilimlar tashkil etadi. O„z nabatida, induksiya 
xulosasining chinligi deduksiya yordamida tekshiriladi. 
Analogiya
(grek. – moslik, o„xshashlik) shunday xulosa chiqarish 
shakliki, unda predmetlarning o„xshash belgi va xossalariga asoslanib 
xulosa chiqariladi. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan 
xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan umumiylikka qarab 
harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy holatdan boshqa xususiy holatga 
qarab harakatlanadi. 
Analogiya vositasida bir predmetdan boshqa predmetga axborot 
o„tkaziladi. Masalan,
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi. 
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo„q, u uchmaydi. 
Insonning ham qanoti bo„lsa, u, ehtimol uchadi. 
Analogiya bo„yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi 
asoslardan, xulosadan va asoslar hamda xulosa o„rtasidagi mantiqiy 
aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo„lib, keyingi 
tekshirishlarni talab qiladi, tadqiqotchini izlanishlarga undaydi. Bu esa 
muhim nazariyalarning kashf etilishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin