145
litosferada cho‘kindi jinslar qatlami, quruqliklarda esa unumdor tuproq
qatlami hosil bo‘ldi.
Gaz almashinish funksiyasi
tirik organizmlar tomonidan gazsimon moddalarni
o‘zlashtirilishi va ajratilishi orqali atmosferaning gaz tarkibi doimiyligini saqlab
turishda aks etadi. Kislorod fotosintez jarayonida, karbonat angidrid esa nafas
olish jarayonida ajraladi. Yer ostida hosil bo‘ladigan metan gazi metan hosil
qiluvchi bakteriyalar tomonidan organik birikmalarning parchalanishi natijasida
hosil bo‘ladi. Tirik moddaning gaz almashinuv funksiyasiga destruktiv va muhit
yaratish funksiyalarining yig‘indisi sifatida ham qarash mumkin.
Dostları ilə paylaş: