1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   179
11sinif biologiya

Destruktiv funksiyasi
nobud bo‘lgan organizmlar tarkibidagi organik 
birikmalarning parchalanishi va mine ral lashuvi, tog‘ jinslarining yemirilishi, 
hosil bo‘lgan mineral moddalar ning biokimyoviy aylanishga – biogen 
migratsiyaga jalb etilishi kabi jarayonlarda namoyon bo‘ladi. Natijada 
biogen moddalar hamda biogen va abiogen hosil bo‘luvchi moddalar paydo 
bo‘ladi. Tog‘ jinslarining yemirilishi muhim jarayon hisoblanadi, chunki 
tirik moddaning destruktiv funksiyasi tufayli litosferadan ajralgan mineral 
moddalar davriy aylanishga qo‘shi ladi. Bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar, 
zamburug‘lar, lishayniklar tog‘ jinslarini kimyoviy moddalar yordamida 
yemiradi. Organik birikmalarning minerallashuvi tufayli hosil bo‘lgan 
kalsiy, kaliy, natriy, fosfor, kremniy kabi biogen elementlar moddalarning 
biokimyoviy aylanishiga qo‘shiladi. 
Muhit yaratish funksiyasi
muhit (litosfera, gidrosfera, atmosfera)ning 
fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish orqali tirik organizmlar yashashi 
uchun qulay sharoit yaratish bilan belgilanadi. Ushbu funksiya yuqorida 
ko‘rib o‘tilgan energetik va destruktiv funksiyalar bilan bog‘liq. Aynan 
shu funksiya natijasida quyidagi muhim hodisalar ro‘y bergan: birlamchi 
atmosferaning gaz tarkibi va birlamchi okean suvining tarkibi o‘zgardi, 


145
litosferada cho‘kindi jinslar qatlami, quruqliklarda esa unumdor tuproq 
qatlami hosil bo‘ldi.
Gaz almashinish funksiyasi
tirik organizmlar tomonidan gazsimon moddalarni 
o‘zlashtirilishi va ajratilishi orqali atmosferaning gaz tarkibi doimiyligini saqlab 
turishda aks etadi. Kislorod fotosintez jarayonida, karbonat angidrid esa nafas 
olish jarayonida ajraladi. Yer ostida hosil bo‘ladigan metan gazi metan hosil 
qiluvchi bakteriyalar tomonidan organik birikmalarning parchalanishi natijasida 
hosil bo‘ladi. Tirik moddaning gaz almashinuv funksiyasiga destruktiv va muhit 
yaratish funksiyalarining yig‘indisi sifatida ham qarash mumkin. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin