1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   179
11sinif biologiya

Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Biosfera qanday komponentlardan tuzilgan?
2. Biosfera tarkibiga kiruvchi moddalarning turlarini aytib bering.
3. Biogen moddalar qanday hosil bo‘ladi?
4. Tirik modda Yer sharining qaysi qobiqlarini egallaydi?
5. Qayerda tirik modda eng ko‘p miqdorda uchraydi? Nima uchun? Bu ning 
biosfera uchun qanday ahamiyati bor? 
O‘
z fikringizni bildiring.
Biosferaning komponentlari bir-biri bilan o‘zaro qanday bog‘langan? Javo-
bingizni misollar bilan tushuntiring. 
27-§. BIOSFERADAGI TIRIK MODDANING
XUSUSIYATLARI VA FUNKSIYALARI
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang. 
Tirik organizmlarga xos xususiyat-
larni aytib bering.
Tirik modda – 
qaysi sistematik birlikka mansubligidan qat’i nazar 
biosferaning barcha tirik organizmlari yig‘indisidir. 
V.I. Vernadskiyning biosfera haqidagi ta’limotida tirik modda tushunchasi 
va tirik moddaning biosferadagi roli to‘g‘risidagi g‘oyalar asosiy o‘rin tutadi. 
Tirik moddaning xususiyatlari.
Tirik modda notirik moddadan farq 
qilib, bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Tirik organizmlar harakatlanish, o‘sish va ko‘payish orqali muhitda 
tez tarqalish va muhitning yashash mumkin bo‘lgan barcha bo‘shliqlarini 
egallash xususiyatiga ega. Harakatlanish orqali tirik organizmlar organik 
moddalar va energiyaning bir joydan boshqa joyga ko‘chishini ta’minlaydi. 
V.I.Vernadskiy tirik moddaning faol va passiv harakatini farqlaydi. 
Organizmlarning energiya sarfi hisobiga mustaqil harakatlanishi faol harakat 
hisoblanadi. Masalan, baliqlar suv oqimiga qarshi suzadi, qushlar Yerning 
tortish kuchini yengib uchadi. Tabiiy kuchlar (
Y
erning tortish kuchi, 
gravitatsiya) ta’sirida harakatlanish passiv harakat hisoblanadi. 
2. Tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar tartibli 
ravishda kechadi, reaksiyalar tezligi katta bo‘lib, bu mazkur jarayonda 
ishtirok etadigan fermentlarning faolligi bilan bog‘liq.
3. Tirik modda evolutsion yuksalish xususiyatiga ega.


143
4. Tirik modda adaptatsiya xususiyatiga ega, ya’ni tashqi muhit sharoit-
lari ga yuksak darajada moslashadi. 
5. Tirik moddada hosil bo‘ladigan kimyoviy bog‘lar o‘zida katta energiya 
saqlaydi. Shuning uchun ham tirik modda quyosh energiyasini transfor-
matsiya qiladi va o‘zida to‘playdi.
6. Tirik modda morfologik va kimyoviy xilma-xilligi bilan ta’riflanadi, 
ko‘payish xususiyati tufayli avlodlar almashinadi, ya’ni yangilanadi. 
7. Tirik modda alohida individlardan iborat, individlar popu latsiyalarni, 
har xil populatsiyalar esa biotsenozlarni hosil qiladi (42-rasm). 
Tirik organizmlar biosferani o‘zgartirishga qodir faol kuchdir. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin