151
Tirik organizmlar hayot faoliyati uchun zarur elementlar
biogen
elementlar
deyiladi. Biogen elementlarga C, H, O, N, S, P, Ca, K, Cl, Fe,
Mg, Cu, Mn, Zn, Mo, Br, B, I kabi elementlar kiradi. Bular orasida C, H,
O, N, S, P eng muhim elementlar hisoblanadi.
Moddalarning geologik davriy aylanishi biologik davriy aylanishdan
bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadi: geologik
davriy aylanishning
harakatlantiruvchi asosiy kuchi suvning okeanlar va quruqlik o‘rtasida
to‘xtovsiz aylanib turishi bo‘lsa, biologik davriy aylanishni harakatlantiruvchi
kuchi tirik organizmlarning oziqlanishidagi farqlar hisoblanadi. Moddalarning
geologik aylanishida
Y
er qobig‘idagi barcha kimyoviy elementlar ishtirok
etsa, biologik davriy aylanishda esa faqat biogen elementlar ishtirok etadi.
G
eologik davriy aylanishning davomiyligi bir necha o‘n ming va yuz
ming yillarni tashkil etsa, biologik davriy aylanishni ta’minlovchi biogen
elementlarning davriy aylanish sikli qisqa –
bir necha yil, bir necha o‘n va
yuz yillarni tashkil etadi.
Biologik davriy aylanish geologik davriy aylanishdan farq qilib, biosfera
doirasida sodir bo‘ladi. Biologik davriy aylanishning mohiyati, avtotrof
organizmlar tomonidan fotosintez jarayonida anorganik moddalardan organik
birikmalarning sintezlanishi, mazkur organik birikmalarning
oziq zanjiridagi
konsumentlar ishtirokida o‘zlashtirilishi, redutsentlar tomonidan esa qaytadan
anorganik moddalarga parchalanishida namoyon bo‘ladi.
Redutsentlarning hayotiy faoliyati tufayli organik birikmalar anorganik
moddalarga aylantirilib, qaytadan biologik davriy aylanishda ishtirok
etishi yoki uning tarkibidan chiqib, geologik davriy aylanishga qo‘shilishi
mumkin. O‘z navbatida geologik aylanishda ishtirok etayotgan elementlar
tirik organizmlar tomonidan o‘zlashtirilib biologik
davriy aylanishga jalb
etilishi mumkin. Biologik hamda geologik davriy aylanishlar bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lgani uchun bu jarayonlarga bir butun, yaxlit, ya’ni
elementlarning
biogeokimyoviy davriy aylanishi
deyiladi (43-rasm).
Biosferaning barcha tarkibiy qismlari – o‘simliklar, hayvonlar, mikroor-
ganizmlar
hamda litosfera, gidrosfera, atmosferaning tirik organizmlar
egallagan qismlari bir-biri bilan moddalar va energiyaning yagona davriy
aylanishi orqali chambarchas bog‘langan. Bu jarayon ekosistemada nafaqat
organik moddalarni sintezlovchi avtotroflarning,
balki organik moddalarni
iste’mol qiluvchilar va parchalovchilar – geterotroflarning mavjudligi bilan
ta’minlanadi.
152
Avtotrof organizmlarda organik moddalarning sintezlanishi, ularning
o‘zlashtirilishi tufayli o‘zgarishi, parchalanishi kabi jarayonlar o‘rtasidagi
mutanosiblik ekosistemaning barqarorligini ta’minlaydi. Ekosistemaning
barqarorligi ularning o‘z tarkibi, strukturasi, funksiyalarining
doimiyligini
saqlasa-da, hatto ba’zi jihatlariga ziyon yetganda ham qaytadan tiklanishi
kabi xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.
Biosferaning barqarorligi tirik moddalar – turlarning xilma-xilligi, tirik
organizmlarning hayotiy faolligi, ekosistema tarkibiy qismlarining bir vakili
ikkinchisining o‘rnini to‘ldira olishi bilan ham belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: