153
tizimi orqali o‘zlashtiriladigan kimyoviy elementlarning organik moddalar
sintezlanishida ishtirok etishi natijasida biogen elementlar to‘planadi va
qayta taqsimlanadi.
Yashil o‘simliklar tashqi muhitdan karbonat angidrid, suv, mineral tuzlarni
o‘zlashtirib, quyosh nuri ta’siri va xlorofill ishtirokida geterotrof organizmlar
uchun zarur bo‘lgan birlamchi mahsulot – organik birikmalarni sintezlaydi.
Hayvonlar fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik birikmalar hisobiga
oziqlanadi va hazm qilish jarayonida o‘simliklarning birlamchi mahsulotini
ikkilamchi mahsulotga aylantiradi. Nafas olish jarayoni uchun zarur kisloroddan
foydalanib, tashqi muhitga karbonat angidrid va hazm bo‘lmagan moddalarni
ajratadi. O‘simlik va hayvonlar hayoti tugagach, nobud bo‘ladi va organik
qoldiqlar (detrit) hosil qiladi. Organik qoldiqlar zamburug‘lar va bakteriyalar
tomonidan o‘zlashtiriladi. Bakteriya va zamburug‘lar o‘simliklar hosil qilgan
birlamchi va hayvonlar hosil qilgan ikkilamchi mahsulotlarini mineral
moddalargacha parchalaydi. Ularning bu faoliyatida biosferaga karbonat angidrid
gazi ham ajraladi. Organik moddalar esa dastlabki anorganik moddalarga –
biogenlarga aylanadi. Shunday qilib, hosil bo‘lgan anorganik moddalar tuproq
va suvda to‘planib, fotosintez jarayonida takroran foydalaniladi. Bu jarayon
biosferada to‘xtovsiz davom etadi va biosferaning barqarorligini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: