230
jinssiz ko‘payish gallanish orqali amalga oshadi. Yassi chuvalchanglar –
germafrodit. Ayniqsa parazit chuvalchanglarda jinsiy
sistema kuchli taraqqiy
etgan.
T
o‘garak chuvalchanglarda jinsiy sistema yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib,
ayrim jinsli hisoblanadi. Ularda jinsiy dimorfizm yaxshi seziladi. Erkaklarida –
bitta urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ chiqarish nayi bo‘ladi. Urg‘ochilari yirikroq
bo‘lib, ularda ikkita
tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon mavjud.
Halqali chuvalchanglardan ko‘p tuklilar ayrim jinsli,
jinsiy dimorfizm
kuzatilmaydi. Metamorfoz bilan rivojlanadi. Kam tuklilar germafrodit (ikki
jinsli), lekin ikkita chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi.
Molluskalardan ikki pallalilar ayrim jinsli, lekin jinsiy dimorfizm kuzatil-
maydi.
Bo‘g‘imoyoqlilar vakillarining barchasi ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib,
jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qisqichbaqasimonlar va
hasharotlar metamorfoz bilan o‘rgimchaksimonlar esa (kanalardan tashqari)
metamorfozsiz rivojlanadi.
Boshskeletsizlar ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, jinsiy a’zolari juft-juftdan
jabraoldi bo‘shlig‘ida joylashgan.
Y
etilgan
jinsiy hujayralar jabraoldi
bo‘shlig‘idan suvga chiqariladi va suvda urug‘lanadi.
Baliqlar ayrim jinsli hayvonlar (faqat dengiz olabug‘asi germafrodit).
Jinsiy hujayralar suvda urug‘lanadi. Ayrimlarida esa ichki urug‘lanish va
tirik tug‘ish kuzatiladi. Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning erkaklarida bir juft urug‘don
bo‘lib, buyrak yaqinida joylashgan. Urug‘donlardan boshlanadigan chiqarish
nayi, siydik nayi orqali tashqariga ochiladi. Urg‘ochilarning bir juft
tuxumdonlari tana bo‘shlig‘ida joylashgan.
Y
etilgan tuxumlar tuxum yo‘lida
shilimshiq qobiq bilan o‘ralib kloakaga, u yerdan tashqariga chiqariladi.
Tashqi urug‘ lanish va metamorfoz bilan rivojlanish kuzatiladi.
Sudralib yuruvchilarning jinsiy organlari erkaklarida bir juft urug‘don
va urug‘ nayi, urg‘ochilarda esa bir juft tuxumdon va tuxum yo‘lidan
iborat. Ulardan boshlab ichki urug‘lanish
boshlanadi, ya’ni tuxum hujayra
va spermatozoidning qo‘shilishi tuxum yo‘lida sodir bo‘ladi. Urug‘langan
tuxum oqsilli bo‘lib, ohak po‘st bilan o‘ralib kloakaga,
u yerdan esa
tashqariga chiqariladi. Metamorfozsiz rivojlanadi. Ayrimlari esa tirik tug‘adi.
Sudralib yuruvchilarda ichki urug‘lanish embrionning rivojlanishi uchun
zarur bo‘lgan oziqqa ega va qalin po‘choqqa ega tuxum hayvonot olamidagi
aromorfozlardan biri sanaladi.
Qushlarning erkagida bir juft urug‘don va bir juft urug‘ yo‘li bo‘lib,
kloakaga ochiladi. Urg‘ochilarida bitta tuxumdon va tuxum yo‘li bo‘lib,
231
tuxum hujayra tuxum yo‘lida urug‘lanadi. Tuxum yo‘lida ohak po‘choq
bilan o‘ralib, kloaka orqali tashqi muhitga chiqariladi. Tuxum hujayrasida
sariqlikning miqdori ko‘p, metamorfozsiz rivojlanadi va jinsiy ko‘payish
bilan bog‘liq bo‘lgan instinktlar yaxshi rivojlangan.
Sutemizuvchilarning erkaklarida bir juft urug‘don, urg‘ochilarida bir
juft tuxumdon, tuxum yo‘li va bachadon bo‘ladi. Tuban sutemizuvchilarda
bachadon rivojlanmagan, xaltalilarda esa sust rivojlangan yoki rivojlanmagan
bo‘ladi. Urug‘langan tuxum hujayra ona qornida – bachadonda rivojlanadi.
Homiladorlik muddati homilaning soniga va yashash muhitiga bog‘liq.
Barcha sutemizuvchilarda jinsiy dimorfizm kuchli rivojlangan bo‘lib,
urg‘ochilari bolasini sut bilan boqadi.
Shunday qilib, evolutsiyada ayirish va jinsiy sistema qoldiq moddalarni
va jinsiy mahsulotlarni
ayirish funksiyasini bajarib, embrional taraqqiyot
davrida mezodermadan rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: