51
faolligi sutkaning yoritilganlik darajasiga bo‘g‘liq. Kunduzgi hayvon turlari
ko‘pchilikni tashkil etadi (asalari, qaldirg
‘
och, quyon), ularning hayotiy
faoliyati sutkaning yorug
‘
vaqtida faol kechadi. Tungi hayvonlar (bo
‘
ri,
ukki, chirildoq, suvarak)
tunda faol harakatlanib, oziq izlaydi.
Kechqurungi
hayvonlar (ko
‘
rshapalak, may qo
‘
ng
‘
izi) o‘z faoliyatini quyosh botgan g
‘
ira-
shira vaqtda boshlaydi.
Hayvonlarning rang ajrata olish qobiliyati ham
sutkaning qaysi vaqtida faol bo‘lishiga bog
‘
liq.
Yirtqich sutemizuvchilar,
yirtqich qushlar ranglarni farq qilmaydi, kunduzgi hayvonlardan primatlar,
to
‘
tiqushlar, kolibrilar ranglarni ajrata olish qobiliyatiga ega.
Yer yuzining turli kengliklarida kun uzunligi bir xil emas. Ekvatorda
kun uzunligi yil davomida deyarli bir xil, taxminan 12 soatni tashkil etadi.
Ekvatordan qutblarga borgan sari kun uzunligi yil fasllariga qarab farqlanadi.
O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi kun uzunligiga bog‘liq.
Bu hodisa
fotoperiodizm
deyiladi.
Fotoperiodizm
kun uzunligining mavsumiy
o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari hisoblanadi.
Fotoperiodizm yorug‘likning intensivligiga emas, balki sutkaning yorug‘ va
qorong‘i vaqtlarining almashinish davriyligiga bog‘liq. Fotoperiodizm tirik
organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning kun
uzunligiga bog‘liq ravishda ritmik o‘zgarishlaridir.
Kun uzunligiga nisbatan javob reaksiyasiga ko‘ra o‘simliklar ekologik
guruhlarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: