1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179
11sinif biologiya

Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
Jadvalni to‘ldiring. 
Abiotik omillar 
Tarkibiy 
qismlar
Omilning 
o‘simliklarga ta’siri
Omilning
hayvonlarga ta’siri
Iqlim omillari
Edafik omillar
Topografik omillar


47
8-§. YORUG‘LIK – MUHITNING EKOLOGIK OMILI
 
Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
Fizika o‘quv fanidan yorug‘lik va 
uning spektral tarkibini eslang. Tirik organizmlar hayotida yorug‘likning 
qanday ahamiyati borligini aniqlang. 
Yorug‘lik muhitning abiotik omili.
Yerda hayot mavjudligining asosiy 
sharti koinotdan yetib keladigan quyosh energiyasidir. Quyosh energiyasi 
ekosistemalarda kechadigan biologik jarayonlarni energiya bilan ta’minlaydi. 
Quyosh energiyasi fotosintez jarayoni uchun energiya manbayi bo

lib 
xizmat qiladi, organizmlarda issiqlik me’yorini saqlashda ishtirok etadi,
suv 
almashinuvini ta’minlaydi, fazoda mo‘ljal olish uchun zarur omil sanaladi.
Atmosferaning yuqori chegarasida 
quyosh doimiyligi 
deb ataladigan quyosh 
nurlanishining quvvati 1380 W/m
2
ga tengdir. Ammo Yer yuzasiga yetib 
keladigan quyosh nurlanishining quvvati birmuncha kamroqdir, chunki 
yorug‘likning bir qismi atmosferada yutiladi va qaytariladi. 
Biologik ahamiyatiga ko‘ra quyosh nuri uch xil spektrga: ultrabinafsha, 
ko‘rinadigan, infraqizil nurlarga ajratiladi (12-rasm).
Ultrabinafsha nurlar
 
(to‘lqin uzunligi 30–400 nm). Ularning tirik 
organizmlarga ta’siri to‘lqin uzunligi va miqdoriga bog‘liq. To

lqin
uzunligi
(290–380 nm) bo‘lgan
ultrabinafsha nurlarning kam qismigina ozon 
ekranidan o‘tib, Yer yuziga yetib keladi. Bu nurlar bakteriyalarni nobud 
12-rasm. 
Quyosh spektri.
Infraqizil nurlar
Ko‘rinadigan nurlar
Ultrabinafsha nurlar
Ozon ekrani
Atmosfera
Yer yuzasi
Quyosh 
nuri


48
qilish xususiyatiga ega. Qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlar esa (290 nm 
dan kam) tirik organizmlar uchun halokatli ta’sir etadi, ular ozon ekranidan 
o‘tmaydi. Uzun to

lqinli ultrabinafsha nurlar ta’sirida teri pigmenti – melanin, 
ko‘z to‘r pardasi pigmenti va D vitamin sintezlanadi. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin