42
Olim sharafiga ushbu qonun «Libix bochkasi» sifatida ifodalanadi.
Bochkaga qancha suv solinsa ham u bochka devorining eng past yeridan
(10-rasm) toshib chiqaveradi, ya’ni bochka
devori boshqa qismlari
balandligining ahamiyati yo‘q.
Libixning minimum qonuni yoki cheklovchi omil qonuni quyidagicha:
«organizm (yoki ekosistema)ning yashab qolishini optimum chegarasidan
eng ko‘p og‘adigan ekologik omil belgilaydi». Shuning uchun ham tur yoki
ekosistemalar holatini ekologik jihatdan tahlil
qilish va uning kelajakdagi
holatini oldindan aytib berish uchun uning eng nozik va zaif jihatini aniqlash
muhim hisoblanadi.
Tirik organizm, tur, jamoaning hayotiy faoliyati va rivojlanishini susaytirib
yoki to‘xtatib qo‘yadigan omil
cheklovchi omil
deb ataladi. Masalan, tuproqda
biron-bir mikroelementning yetishmasligi o‘simlik rivojlanishining susayishiga
va hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Shu o‘simliklar bilan oziqlanuvchi
hasharotlar oziq yetishmasligi tufayli hobud bo‘ladi.
Hasharotlar sonining
kamayishi esa o‘z navbatida shu hasharotlar bilan oziqlanuvchi entomofag –
yirtqich hayvonlar, hasharotlar, suvda hamda
quruqlikda yashovchilar
(amfibiyalar), sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilarning yashab qolishi
va ko‘payishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Cheklovchi omillar har bir turning tarqalish arealini belgilaydi. Masalan,
ko‘pchilik o‘simlik va hayvon turlarining shimol tomonga tarqalishini
haroratning pastligi, yorug‘likning yetishmovchiligi cheklasa, janub tomonga
tarqalishini esa namlikning tanqisligi cheklaydi.
Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati va rivojlanishini ekologik
omilning
nafaqat mini mum chegarasi, balki maksimum chegarasi ham
susaytirishi mumkin.
Turning muayyan ekologik omilga nisbatan
chidamlilik chegaralarining kengligi shu omilga
«evri» so‘zini qo‘shish orqali ifoda etiladi.
Keng ko‘lamda o‘zgaruvchan
muhit
sharoitida
yashashga
moslashgan
yoki
chidamlilik chegaralari doirasi keng bo‘lgan
o‘simlik va hayvonlar
evribiontlar
(yunoncha
«eurys» – keng, «biontos» – yashovchi)
deyiladi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: