1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   179
11sinif biologiya

Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
quruqlik-havo muhiti, 
tuproq muhiti, tirik organizmlar yashash muhiti sifatida, edafo biontlar 
ektoparazitlar, endoparazitlar. 
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Quruqlik muhitining komponenti sifatida havoning xususiyatlarini izohlang. 
2. Quruqlik muhitida qanday omillar cheklovchi omil bo‘lishi mumkin? 
3. Quruqlik muhitida yashaydigan organizmlarda evolutsiya jarayonida qanday 
moslanishlar paydo bo‘lgan? 
4. 
T
uproqning yashash muhiti sifatida xususiyatlarini ayting. 
5. Tuproq muhitida yashaydigan organizmlarda evolutsiya jarayonida qanday 
moslanishlar paydo bo‘lgan? 
6. Tirik organizmlarning yashash muhitiga moslashishining ahamiyatini aytib 
bering. 
7. Parazit hayot kechirishga moslanish belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar.
1. Yashash muhitlari va ularning xususiyatlari o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 
Yashash muhitlari: A. Quruqlik muhiti. B. Suv muhiti. C. Tirik organizm. 
Xususiyatlari: 1) mo‘tadil harorat rejimi; 2) katta zichlik; 3) nisbatan kichik 
zichlik; 4) kislorodning kamligi; 5) haroratning keskin o‘zgarishi; 6) tuzlar 
tarkibi; 7) oziqning mo‘l-ko‘lligi; 8) kislorodning yo‘qligi; 9) muhitning 
katta qarshiligi; 10) kislorod miqdorining doimiyligi. 


38
2. Tuproq muhitida yashovchi organizmlar va ularning harakat organlari 
o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 
Tuproq muhitida yashovchi organizmlar.
1) krot; 2) hasharot lichinkalari; 
3) yom g‘ir chuvalchangi; 4) buzoqbosh; 5) ko‘poyoq. 
Moslanishlar
: a) tirnoqlar; b) kuraksimon oyoqlar; d) gidrostatik skelet. 
3. Parazit organizmlarning qaysi guruhga mansubligini aniqlang. Guruhlar: 1. Pa -
razit o‘simliklar. 2. Parazit hayvonlar. 
Vakillari: 
a) zarpechak; b) qilbosh; 
d) solityor; e) devpechak; f) raffleziya; g) askarida; h) rishta; i) plazmodiy.

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin