1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


kosmopolit turlar muhitning  10-rasm



Yüklə 3,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/179
tarix26.09.2023
ölçüsü3,02 Kb.
#149187
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179
11sinif biologiya

 
kosmopolit turlar
muhitning 
10-rasm.
Libix bochkasi.
Minimum


43
o‘zgaruvchanligiga keng doirada moslanuvchan bo‘ladi. 
Kosmopolitlar
 
– 
keng tarqalgan, ya’ni Yer yuzining juda katta hududlarini egallagan turlardir. 
Masalan, kalamushlar, suvaraklar, pashshalar, burgalar kosmopolitlar sanaladi. 
M
uhit omillarining keng doirada o‘zgarishiga turning bardosh bera 
olmasligi yoki chidamlilik chegaralari doirasi torligi tegishli omilga «steno» 
so‘zini qo‘shish orqali ifoda etiladi. Nisbatan doimiy muhit sharoitida 
yashashga moslashgan, harorat, namlik, atmosfera bosimi kabi omillarning 
tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan o‘simlik va hayvonlar 
stenobiontlar
(yunoncha «stenos» – tor, cheklangan, «biontos» – yashovchi) 
deb yuritiladi. Masalan, Janubiy Amerikada yashovchi kolibrilar ma’lum bir 
turdagi o‘simlik nektari bilan oziqlanadi. Shuning uchun bu qush turining 
areali tor bo‘lib, aynan shu o‘simlikning areali bilan belgilanadi. Avstraliyada 
yashovchi xaltali ayiq – koala faqat evkalipt daraxtida yashab, uning bargi 
bilan oziqlanadi. 
Tirik organizmlar har bir omilga nisbatan alohida moslashadilar.
Organizmlarning alohida bir omilga nisbatan chidamlilik darajasining yuqori 
bo‘lishi, uning boshqa omillarga ham chidamli ekanligini anglatmaydi. 
Masalan, havo haroratining vaqtinchalik pasayishiga bardoshli, bu vaqtda 
karaxt holatga o‘tadigan ayrim mayda hasharotlar havo namligining keskin 
pasayishini ko‘tara olmay, tez nobud bo‘ladi. 
Ekologik nisha haqida tushuncha
. Muhitning ekologik omillari bilan 
murakkab munosabatlar tizimida har bir tur o‘zining muayyan ekologik 
o‘rniga – ekologik nishasiga ega. Turning biotizim sifatida mavjudligini 
belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yig‘indisi 
ekologik 
nisha
deyiladi. Ekologik nisha organizmning hayot tarzi, yashash shart-
sharoitlari, oziqlanishi kabilarni o‘z ichiga oladi. Ekologik nisha tushunchasini 
yashash joyi tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Ekologik nishadan farq 
qilib, yashash joyi organizm egallagan hududni anglatadi. Masalan, dasht 
hayvonlari hisoblanadigan qoramol va kenguruning yashash joylari boshqa 
bo‘lgani bilan bitta ekologik nishani egallaydi. 
Olmaxon va bug‘u bir hududda – o‘rmonda yashaydi, lekin turli ekologik 
nishalarni egallaydi. Afrika savannalarida bir necha tuyoqli o‘txo‘r hayvon 
turlari yashaydi. Ularning yashash joyi umumiy, lekin ular shu joydagi 
mavjud oziq resurslaridan turlicha foydalanadi. 
Jirafalar daraxtlarning barglari va shox-shabbasi bilan oziqlansa, zebralar 
o‘tlarning yuqori qismini iste’mol qiladi, gnu antilopalari o‘simlik poyalarining 


44
o‘rta qismlari va urug‘larini yeydi. G‘izollar o‘tlarning eng pastki qismlari 
bilan, boshqa bir tur antilopalar butalarning yosh barglari bilan oziqlanadi. 
Shunday qilib, bir joyda yashovchi har xil turga mansub tuyoqli hayvonlar 
turli yarusda o‘sadigan o‘simliklarning organlari bilan oziqlanib, boshqa-
boshqa ekologik nishalarni egallaydi (11-rasm). Bir daraxtda yashashiga 
qaramay, olmaxon daraxtning urug‘lari bilan, qizilishton esa daraxt 
po‘stlog‘i ostidagi hasharotlar bilan oziqlanadi. Birgalikda yashayotgan 
turlarning ekologik nishalari bir-birini qoplamaydi, aks holda bir tur 
ikkinchi turni siqib chiqaradi. Masalan, kulrang kalamush va qora kalamush 
populatsiyalari birgalikda yashaganda kulrang kalamush populatsiyasi qora 
kalamush populatsiyasini siqib chiqaradi. Demak, bir biotsenozda hech 
qachon ikki tur bitta ekologik nishani egallamaydi. Undan tashqari, bir turga 
mansub organizmlar shaxsiy rivojlanishning turli davrlarida har xil ekologik 
nishani egallashi mumkin. Masalan, hasharotlarning to‘liq o‘zgarishi bilan 
rivojlanishini eslang. 

Yüklə 3,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin