69
zamburug‘ning
oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishiga zamin tayyorlaydi.
Dukkakli o‘simliklarning ildizida uchraydigan tugunak bakteriyalar
o‘simlik ildizida joylashib, havo tarkibidagi azotni o‘zlashtiradi, azotdan
avval ammiak, so‘ngra aminokislotalar sintezlaydi. Dukkakli o‘simliklarning
azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar bilan hosil
qilgan simbioz munosabati
ularning tuproq tarkibida azot kam bo‘lgan joylarda ham o‘sishi va
rivojlanishiga zamin tayyorlaydi va tuproq unumdorligini orttiradi. Mazkur
jarayon qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekishni amalga oshirishning
asosi sanaladi.
Mikoriza – qalpoqchali zamburug‘lar va yuksak o‘simliklar o‘rtasidagi
munosabat bo‘lib, yuksak o‘simliklar zamburug‘dan
suv va unda erigan mi-
neral tuzlarni shimadi, zamburug‘ esa o‘z navbatida hamkoridan uglevod-
larni o‘zlashtiradi. Ildizida mikoriza bo‘lgan o‘simliklar mikoriza bo‘lmagan
o‘simliklarga nisbatan yaxshi o‘sadi.
Termitlar va ularning ichagida yashovchi
bir hujayrali xivchinlilar
o‘rtasidagi munosabatlar. Termitlar yog‘och bilan oziqlanadi, lekin ular
sellulozani parchalaydigan fermentlari bo‘lmagani
uchun uni hazm qila
olmaydi. Bir hujayrali xivchinlilar esa sellulozani parchalovchi ferment
sintezlab, sellulozani shakarga parchalaydi. Termitlar xivchinlilarsiz ochlikdan
nobud bo‘ladi. Xivchinlilar termitlar ichagida yashash uchun qulay joy, oziq
bilan ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: