333
ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti
va garovi deb bilgan.
Inson axloqi aqlga, xulqi va xatti-harakati esa ilm–
fanni o‘rganishga hamda ma’rifatga asoslangandagina ma’naviy kamo-
lotga erishadi. Allomalarning fikrlariga ko‘ra, insonparvarlik g‘oyalari-
ning amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishish, bilimli va ma’ri-
fatli bo‘lishga bog‘liq. Shuning uchun ham
ular ilmlilikni umuminsoniy
qadriyat darajasida ulug‘lab, jamiyatning barcha a’zolarini ilm egallashga
chaqirdilar, muallimlarning shijoatli mehnatini qadrlayilar.
Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida bilim umuminsoniy qadriyatlarni
o‘rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm–ma’rifatli odam
jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonlik-
lardan uzoqdir.
“Ilmning foydasi ochko‘zlik bilan oltin kumush to‘plash
uchun bo‘lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo‘lish-
dir”
deb yozadi alloma. (Abu Rayhon Beruniy.: O‘ylar, hikmatlar, naql-
lar, she’rlar. 44–bet).
Falsafiy talqinda qadriyatlar – inson va insoniyat uchun beqiyos
ahamiyatga ega bo‘lgan erkinlik, tinchlik,
ijtimoiy tenglik, haqiqat,
ma’rifat, go‘zallik, yaxshilik kabi barkamol inson uchun ijobiy ahamiyat
kasb etuvchi holatlar yig‘indisidir.
Tadqiqotchi olim O. Musurmonovaning ta’kidlashicha, qadriyatlar
inson tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat bo‘lib, kishilarning
talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida o‘zaro munosabat, o‘zaro
ta’sir natijasida vujudga keladigan holatdir. Demak, qadriyatlarning
mohiyatini pedagogik nuqtai nazardan izohlaganimizda,
insonning
ma’naviy ehtiyojlari asosida paydo bo‘lgan, amaliy faoliyatda davr sino-
vidan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘z shakl va mazmunida xalqning ma’naviy
olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madani-
yatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma’naviy – ruhiy
xatti–harakatlar, narsa va hodisalar majmui. (Musurmonova O.: “Ma’na-
viy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”. 66–bet).
Barcha qadriyatlarning mohiyatini eng oliy tuyg‘u – insonparvarlik
tashkil etadi. Insonparvarlik – insonning sharafi, vijdoni va iymonining
mahsuli.
Insonparvarlik xayrixohlik, g‘amxo‘rlik, moddiy–ma’naviy
madadga intilish tuyg‘usi, iymon va vijdon doirasida mehr–muruvvat
ko‘rsatish (Musurmonova O.: “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbi-
yasi”. 58–bet). O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonunida yoshlar “ta’lim–tarbiyasi insonparvar, demokratik xarakterda
ekanligi” davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida talqin
334
etiladi. Ushbu sharafli g‘oyalarni amalga oshirib,
yoshlarni, bilimli va
aqliy jihatdan kamol toptirishda avvalo o‘qituvchining qizg‘in mehnat
faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yurtimizda barka-
mol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalasi dolzarb vazifa sifatida
e’tirof etilmoqda. Bunda farzandlarimizning nainki jismoniy,
balki
axloqiy va ma’naviy barkamol bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Shuning
uchun o‘qituvchining o‘zida bekamu ko‘st takomillashgan, eng yuksak
umuminsoniy qadriyatlar tuyg‘usi bo‘lishi kerak. Bu tuyg‘u, uning mu-
kammal shakllangan pedagogik mahorati qirralarida doimo o‘z aksini
topishi zarur. Inson bolasi yoshligidan to umrining oxirigacha ilm olib,
aqliy
kamolot sari intilar ekan, barcha umuminsoniy qadriyatlarga ilm
tufayli erishadi. O‘qituvchi – ilmni xalqqa targ‘ib etuvchi va yoshlar
qalbiga yo‘l topuvchi asosiy javobgar shaxsdir.
Dostları ilə paylaş: