Pedagogik texnika xususiyatlari
Pedagogik texnikaning
muhim
xususiyatlaridan biri o‘qituvchining
o‘quvchilar bilan bevosita muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy
texnik ko‘nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik texnikaning ko‘nik-
ma va malakalari o‘qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda
shakllanib boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o‘qituvchiga o‘quv-
chilar bilan muloqot jarayonida zarur so‘z va gap ohangi, qarash, imo-
ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik vaziyatlarda bosiqlik
va osoyishtalik, aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish kabi
163
qobiliyatlarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning
ushbu xususiyatlari o‘qituvchi kasbiy mahoratida aniq ifodalangan indi-
vidual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining psixologik–fiziologik xu-
susiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Individual pedagogik texnikaning shakllanishi o‘qituvchining yoshi,
jinsi, mijozi, fe’l–atvori, salomatligi, anatomik–fiziologik xususiyatlariga
bog‘liq. O‘qituvchilarda individual shaxsiy pedagogik texnika mala-
kalarini shakllantirish muammolari ayniqsa psixolog olimlarning tadqiqot
markazidan o‘rin olgan. Psixolog olimlar R.Z.Gaynutdinov, M.G.Dav-
letshin, S.Jalilova, M.Abdullajonova kabilar o‘qituvchilarning individual
kasbiy faoliyatini batafsil o‘rganishib, o‘qituvchining shaxsiy “Mehnat
professiogrammasi”ni ishlab chiqdilar. Olimlarning fikrlariga ko‘ra o‘qi-
tuvchi professiogrammasi o‘qituvchilarga qo‘yiladigan maxsus talablarni
o‘z ichiga oladi hamda har bir fan o‘qituvchisining alohida ixtisoslashgan
xarakteristikasini belgilab beradi. Jumladan, ular ta’lim muassasalarida
pedagogik faoliyat olib boradigan “O‘qituvchi-murabbiy professiog-
rammasi”da quyidagi hislatlar, ya’ni “Pedagogik texnika” malakalari
mujassamlashgan bo‘lishini ta’kidlaydilar:
1)
O‘qituvchining shaxsiy hislatlari:
bolalarni sevishi, kamtarligi,
dilkashligi, mehnatsevarligi.
2)
Kasbiga xos bilimlari:
ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bili-
shi, pedagogik va psixologik bilim asoslarini egallashi, o‘quvchilarning
yosh xususiyatlariga asosan psixologik imkoniyatlarini anglashi, tarbi-
yaviy ta’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi, ota-
onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta
bilishi.
3)
Kasbiga xos hislatlari:
milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar,
milliy an’ana va urf-odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuv-
chanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi,o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini
anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati.
4)
Shaxsiy pedagogik uddaburonligi:
dars mashg‘ulotlarida zarur
materiallarni tanlay olishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqa-
rishi, ta’lim-tarbiya jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o‘quvchilar ja-
moasini boshqara olishi.
5)
Tashkilotchilik malakalari:
o‘quvchilar jamoasini uyushtira bili-
shi, turli ziddiyatli vaziyatlarda ham o‘quvchilar jamoasini boshqarishi,
amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini namoyish eta olishi.
164
6)
Kommunikativ malakalari:
o‘quvchilarni o‘ziga jalb etishni
bilishi, o‘quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik
muloqotlarni tashkil qilishi, o‘quvchilarning jamoada o‘zaro munosa-
batlarida bir xil muvozanatni tartibga solishi.
7)
Gnostik malakalari:
o‘quvchilarning asab psixik holati darajasini
aniqlay olishi, o‘z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila
olishi, ustoz o‘qituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan
o‘rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to‘g‘ri foyda-
lana bilishi, o‘quvchilar xulq
-
atvorini mukammal o‘rganishi.
8)
Ijodiy hislatlari:
o‘z pedagogik mahoratini doimiy takomillash-
tirib borishi, o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘z dasturini ishlab chiqishi va
uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o‘quvchilar nazari bilan voqelikni
tahlil qilish qobiliyati, o‘quvchilarga pedagogik ta’siri natijalarini
oldindan ko‘ra olishga intilishi.
Psixolog olimlarning fikricha, ushbu professiogramma yosh o‘qituv-
chilarga o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli
ravishda tanlab, kasbiy mahoratlarini takomillashtirib borishlariga yor-
dam beradi. Demak, o‘qituvchi professiogrammasi ham pedagogik texni-
kani egallashning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, o‘qituvchilarning
o‘z kasbiy texnikasini mukammal egallab, rivojlantirib borishiga va o‘z
kasbiy faoliyatidan qanoatlanishni his etishga olib keladi. Bularning
barchasi o‘qituvchilarning tinimsiz pedagogik mehnati tufayli yuzaga
keladi.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi – pedagogik faoliyatining
tashkiliy shakli bo‘lib, qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, behad uzoq ijodiy
izlanishlar va azob-uqubatli kechinmalar, tinimsiz pedagogik faoliyat,
o‘qituvchining fahm-farosati, bilimi va mahorati bilan amalga oshiri-
ladigan qizg‘in ijodiy mehnatining mahsulidir.
Bir maromda olib boriladigan tizimli ijodiy mashg‘ulot tufayli
aktyor yuksak cho‘qqilarni egallaydi. O‘zgalar obrazini mujassamlash-
tirishda u ma’lum bir qolipdan aslo chiqib keta olmaydi. Demak har qan-
day ijodkorlik, hatto pedagogik ijodkorlik ham ma’lum bir belgilangan
qolipda shakllanishi kerak. U o‘qituvchining ichki kechinmalari, tuyg‘u-
lari va hissiy reaksiyalari asosida qurilishi aslo mumkin emas. Chunki,
tarbiyalash san’atida o‘qituvchining pedagogik texnikasi, ya’ni “bir
qolipda”gi mehnat madaniyati borki, u boshqa biror kasbiy faoliyatga
aslo o‘xshamaydi. Shuning uchun, respublikamizda tarbiyaviy texnolo-
giyalarni muntazam bilishga intilish, o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va
ularning malakasini uzluksiz oshirib borish o‘qituvchining bir qolipdagi
165
mehnat madaniyatini shakllantirishga, pedagogik texnika malakalarini
doimiy oshirib borishiga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, hali biror o‘qituv-
chi oliy ta’lim muassasasini tugatib, yoki malaka oshirish kurslarida
bilim olib birdaniga pedagogik texnika sirlarini mukammal biladigan taj-
ribali o‘qituvchi bo‘lib qolgani yo‘q.
O‘qituvchida pedagogik texnika ta’-
lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatish jarayonida, o‘quvchilar bilan yak-
kama-yakka muloqot jarayonida, pedagogik amaliyotda shakllanib
boradi.
Hozirgi davr talablari nuqtai nazaridan, o‘qituvchiga qo‘yilayotgan
javobgarlik hissi kengayib murakkablashib bormoqda. Mamlakatimizda
ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlarning yuksak natijalari
bevosita o‘qituvchilarning qizg‘in mehnati samarasiga bog‘liq. Vatani-
mizning porloq kelajagi uchun yosh avlodni har tomonlama yetuk, barka-
mol inson qilib voyaga etkazishda o‘qituvchining kasbiy bilimi, faoliyat
texnikasi mutlaqo yangilanib, hozirgi zamon talablariga javob bera
oladigan darajada bo‘lishi kerak. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga muvofiq o‘qituvchi o‘zi-
ning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida milliy-madaniy va umuminsoniy qadri-
yatlar ustuvorligiga doimo e’tibor berib kelishi lozim. O‘qituvchining
pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning ma’naviy mero-
sini mustahkamlashga, o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini erkin namo-
yon qilishiga asoslangan bo‘lishi shart. Shu ma’noda taniqli adib Tursu-
noy Sodiqova asarlarida hozirgi kun o‘qituvchisiga qo‘yiladigan “Murab-
biylikning shartlari” oqilona berilgan:
“...Siz insonlarning hech bir yo‘q
joydan “shoxini ko‘kartirish”, qulfi dilini ochish, dunyosini kengaytirish,
kechagi holatidan bugunini yuksakroq qilish uchun bu ishga qo‘l urdin-
giz. Ammo oldin biling: umringizni sarflab olib borayotgan harakatlarin-
giz ro‘parangizdagi o‘quvchiga yoqayaptimi, yo‘qmi? Bor gap shunda!
Murabbiylikni xohlagan, shu kasbga o‘qigan odam murabbiy bo‘lib
qolmaydi. Ustozlikning o‘ziga xos parhezlari, bosib o‘tilmaydigan
chegara chiziqlari bordir! Birinchidan, dilingizda ustoz─murabbiyning
yozilganu yozilmagan qonun-qoidalariga bo‘ysunaman, degan Allohga
qasamingiz bo‘lsin! Ikkinchidan, niyatingiz sof bo‘lsin! Men insonlarni
faqat yaxshilikka o‘rgataman deng, orqamda o‘z qo‘lim bilan yaratilgan
fayzli bog‘lar qoladi, deb tilak tilang! Toki shogirdlaringiz sizning
sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor bo‘lsinlar. Uchin-
chidan, haqiqiy murabbiy bo‘laman desangiz, birovga biror narsa o‘rga-
tishni astoydil xohlang va siz ilm oluvchiga nisbatan muhabbat qo‘ying!
|