161
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mi-
mika, pantomimika);
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay oli-
shi va turli nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchan-
lik, xayol) egaligi;
nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bili-
shi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining
shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu
guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
o‘qituvchining didaktik,
tashkilotchilik, konstruktiv, kommunika-
tiv qobiliyatlari;
ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning baja-
rilishini nazorat qilishi;
ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan
bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot
jarayonini bir muvozanatda
saqlab boshqara olishi.
O‘qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o‘z harakatlarini
boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni mimik
va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o‘ynaydi. Aktyor bir obrazni
ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko‘ri-
nishda sahnada namoyish etsa, o‘qituvchi butun o‘quv yili davomida, har
bir darsda yangi mavzuni o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab, zamonaviy
innovatsion usullar vositasida o‘quvchilar ongiga etkazish uchun chuqur
tayyorgarlik ko‘radi, sinf jamoasidagi o‘ziga xos pedagogik va psixo-
logik muhitni, har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib
pedagogik faoliyat ko‘rsatishga majbur. Bunday ulkan mas’uliyatni
yuqori saviyada bajarish uchun o‘qituvchidan yuksak pedagogik texnik
tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi pedagogik
mahorat tizimida pedagogik
texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavda-
sini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini)
boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni
o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar
jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.
162
Demak, pedagogik texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday
kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisiki, u o‘qituvchining pedagogik
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va
boshqarish ishlarida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Ilg‘or va novator o‘qituvchilarning texnik mahorati pedagogik faoli-
yat
olib borishlarida, mimik va pantomimik harakatlarida, ovozini idora
qila olish xususiyatlarida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, o‘qi-
tuvchilar pedagogik texnika san’atini mukammal egallaganlar, uning
ko‘nikma va malakalarini o‘zlarida aniq
shakllantirishgan va turli
pedagogik vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlariga egadirlar.
Pedagogikada o‘qituvchi chuqur hissiyotga berilishini, shaxsiy
hayotidagi turli ruhiy vaziyatlar tufayli kayfiyatining o‘zgarib turishini
o‘zi qattiq nazorat qilish talab qilinadi. Ushbu nazoratni o‘qituvchining
o‘zi boshqarishi lozim. Bu jarayonning ijobiy natijalari o‘qituvchining
refleksiv qobiliyatlarida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik texnikaning yana bir muhim xususiyati pedagogik ta’sir
ko‘rsatishdagi o‘qituvchining ma’naviy va estetik qiyofasi. Bu tarbiyala-
nuvchilarga yaqqol namoyon bo‘ladigan xususiyatdir. Agar o‘qituvchi
ma’naviy qashshoq bo‘lsa, nutqi tartibsiz va muloqotda no‘noq bo‘ladi,
didi past, o‘z hissiyotlarini jilovlay olmaydigan qo‘pol
bo‘lsa, uning
ta’lim-tarbiya berishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Pedagogik texnikaning sirlarini egallash yo‘llari o‘qituvchi rahbar-
ligida olib boriladigan mashg‘ulotlar va mustaqil pedagogik faoliyat jara-
yonida shakllanib boradi. Pedagogik texnika
sirlarini mukammal egal-
lashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘qituvchi o‘z – o‘zini
doimiy shakllantirib borishi, ya’ni o‘z oldiga qo‘yilgan talablar nuqtai
nazaridan mohir o‘quvchi shaxsiy fazilatlarini va kasbiy malakalarini
shakllantirishga qaratilgan faoliyati muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: