178
10 - BOB. NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYaTI
Tayanch tushunchalar
:
Notiqlik san’ati; qadimgi Yunoniston; “San’atlar shohi”; suhbat
metodi; ideal notiq; ovoz ritorikasi; nutq odobi; suhango‘ylar; nutq tex-
nikasi; til va nutq; nutqning ravonligi; nutqning ta’sirchanligi; gram-
matik norma; nutqning mantiqiyligi; nutqning tozaligi va ifodaliligi;
dialektizm va varvarizm; jargon; tashqi nutq; ichki nutq; o‘qituvchining
nutq madaniyati; metonimiya; metafora; monologik nutq; dialogik nutq;
kommunikativ nutq; tovush; diapazon va tembr; fonotsional nafas; dik-
siya; ritmika; artikulyatsiya; diafragma ishtirokida nafas olish; dialogik
nafas olish.
10.1. Notiqlik san’atining paydo bo‘lishi tarixi
O‘qituvchining pedagogik mahoratida uning nutqi, notiqlik qobili-
yati muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu muammoga mustaqillikdan
keyingi yillarda jiddiy e’tibor qaratildi. Yosh avlodni vatanparvarlik ru-
hida tarbiyalashda avvalo milliy istiqlol mafkurasi muhim ahamiyatga
ega. Mafkuramizning yuksak ustunlaridan biri ─ millat tilidir.
Respub-
likamizning “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlari,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda barkamol avlod
tarbiyasida o‘z ona tiliga nisbatan mehr─muhabbat tuyg‘ularini shakl-
lantirish e’tirof etilgan. Yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida
o‘qituvchining nutqi, uning notiqlik san’ati alohida e’tibor kasb etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi
Oliy majlisining
1997-yil 29-avgustdagi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida ta’kidlaydiki,
“O‘z fikrini mutlaqo mustaqil ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta
olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbarlik kursisida o‘tirganlarni
bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”.
O‘qituvchining nutqiy mada-
niyatini shakllantirish uning kasbiy faoliyatida naqadar muhim ahami-
yatga egaligi to‘g‘risida mulohaza yuritar ekanmiz, avvalo,
notiqlik
san’atining kelib chiqish tarixini bilish lozim. Professional notiqlik san’-
ati Yunoniston, O‘rta Osiyo, va Hindistonda o‘zining uzoq tarixiga ega.
179
Tarixchi olimlarning (Apresyan G.Z.) ma’lumotlariga ko‘ra, Notiq-
lik san’atiga eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan.
Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga
yuklatilar edi. Ular, notiqlik san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘z-
larining chiroyli so‘zlari, baland va ta’sirchan
ovozlari bilan odamlar
tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga
erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining naza-
riyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yu-
nonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonis-
tonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik
san’atlari bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at
asari sifatida e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimo-
iy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi
ahamiyati uchun hamda yosh
avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi
murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb
atashgan.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng
takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik
san’atining quyidagi uchta qonuniyati qizg‘in takomillashtirilib,
notiq-
ning unga jiddiy e’tibor berishi talab qilingan:
tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g‘oyani);
tinglovchining tafakkurini uyg‘otish (fikrini, ongini, maqsadini);
tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzur-halovat va qoniqish hissini
uyg‘otish asosida).
Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda
Dostları ilə paylaş: