Galetlar teshikli to 'g 'ri burchak shaklida kulcha ko'rinishida
boiadi. LJni ishlab chiqarish uchun. avval,
soluvchan omuxta-yem
olinadi, so'ngra undan achitqili xamir qorilib, galetlar pishiriladi va
quritiladi.
98-rasm. Briketlangan om uxta-yem
Don omuxta-yemning asosiy xomashyosi hisoblanadi.
Omuxta-
yem tarkibida donning ulushi 65-70 % gacha boradi. Donlar
xususiyatiga ko'ra uch guruhga boMinadi: boshoqli donlar, dukkakli
donlar va moyli donlar.
Boshoqli donlarga bug‘doy, arpa, suli, javdar, jo ‘xori, mak-
kajo'xori. tariq va boshqalar kiradi. Bu turdagi donlar tarkibida ko'p
miqdorda uglevod (kraxmal) va oz miqdorda oqsil mavjud boiadi.
Boshoqli donlar V guruh vitaminlariga boy hisoblanadi. Boshoqli
donlar
maydalangan holida, ba'zan butunligicha (parrandalar uchun)
ishlatiladi.
Omuxta-yem ishlab chiqarishda mazkur donlarning ishlab
chiqarish chiqindilaridan ham foydalaniladi. Don chiqindilariga
donli aralashmalar va kepak kiradi. Donli aralashma va kepak
to ‘yimliligi jihatidan past tursada. ammo vitaminlar va minerallarga
boyligi bilan dondan yuqori turadi.
Dukkakli donlarga no'xat, soya, lyupin va boshqalar kiradi. Bu
donlar oqsilga (protein) boyligi bilan ajralib turadi.
Omuxta-yem
262
ishlab chiqarishda dukkakli donlardan mahsulotni oqsilga boyitish
maqsadida foydalaniladi.
Moyli donlarga kungaboqar, paxta, zig'ir va boshqalar kiradi.
Ular omuxta-yemga yaxlit holida qo‘shilmaydi, balki yog‘-moy
sanoati chiqindilari kunjara va shrot holida ishlatiladi.
Moyli ekin donlari yog‘ va oqsilga boy hisoblanadi. Shu bilan
birga ba’zi turlarida zaharli moddalar (gossipol, sinil kislotasi) ham
mavjud. Omuxta-yem tarkibida bu moddalar
miqdori belgilangan
ko‘rsatkichdan ortib ketmasligi kerak.
0 ‘t uni omuxta-yemning qimmatli xomashyosi hisoblanadi. 0 4
uni o ‘rib quritilgan o ‘tni maydalash orqali hosil qilinadi. 0 ‘t uni
oqsil, karotin, A va boshqa vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi.
Omuxta-yem ishlab chiqarishda oziq-ovqat qand, kraxmal,
patoka, spirt va pivo sanoati chiqindilaridan keng foydalaniladi.
Qand sanoati chiqindisiga qand lavlagi turpi (jom) va ozuqaviy
patoka (melassa) kiradi. Quritilgan lavlagi turpi tarkibida ko‘p
miqdorda uglevod mavjud bo‘lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar
uchun qimmatli ozuqa hisoblanadi. Melassa suyuq ko‘rinishga ega,
uning tarkibida 50 % gacha eruvchan uglevodlar mavjud. Melassa
hayvonlar organizmida juda yaxshi hazm bo‘ladi.
Spirt va pivo chiqindilariga maydalangan
don qoldiqlari va
quritilgan barda kiradi. Bu mahsulotlar to ‘yimliligi jihatidan donga
yaqin turadi. Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalarga baliq
uni, go‘sht uni, suyak uni, qon va quritilgan suyak misol bo‘la oladi.
Bo‘lar hayvon oqsiliga boy qimmatli mahsulot hisoblanadi. Omuxta-
yem tarkibiga yuqori energiya manbai bo‘lgan hayvon yog‘lari ham
oz miqdorda qo‘shiladi (odatda 2-5 %).
Omuxta-yemlarni minerallar bilan boyitish maqsadida ko‘pgina
moddalar-bo‘r, fosfatlar, osh tuzi va boshqalardan foydalaniladi.
Shuningdek yem tarkibiga xilma-xil biologik faol moddalar qo‘shi-
ladi. Ularga vitaminlar,
mikroelementlar, antibiotiklar va boshqalar
kiradi. Bu moddalar hayvonlar sog‘lig‘i uchun muhim hisoblanadi.
Biologik faol moddalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
- ozuqaviy va boshqa antibiotiklar;
263
- vitarainli preparatlar;
- mikroelementlar (temir, mis, oltingugurt, kobalt,
marganes,
yod va b.);
- aminokislotalar (lizin, metionin);
- antioksidantlar (santoxin, diludin, butiloksitoluol-BTO);
- tinchlantiruvchi moddalar-tranivilizatorlar;
- organik kislotalar (sut, propion va b.);
- dorivor preporatlar va b.
Omuxta-yem ishlab chiqarishda mazkur xomashyolar bilan
cheklanib bo‘lmaydi, balki yemning qimmatliligini oshirishning
samarali manbalarini izlab topish lozim. Yem tarkibidagi donning
ulushini kamaytirish va boshqa turdagi
mahsulotlar bilan boyitish
muhim vazifalardan biridir.
Sochiluvchan xomashyoning texnologik xossalarini tavsiflovchi
asosiy ko ‘rsatkichlar, bu zarrachalar kattaligi, strukturali-mexanik
xususiyatlar, hajmiy og ‘irlik, bo‘shliligi,
aerodinamik xossalari,
tabiiy og‘ish burchagi, qovushqoqlik va h.k.
Dostları ilə paylaş: