Bular don va aralashmalar yuzasining holati, tavsifi, shakli, oM-
chamlari, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek,
sirpanuvchi yuza, materiali va shaklidan iborat. Don massasining
namligi ortib borgan sari, uning oquvchanligi
kamayadi va aksincha,
tabiiy qiyalik burchagi ortib boradi. Qoida bo‘yicha, o ‘zi oqizar
quvurlarning minimal og‘ish burchagi ishqalanish burchagidan
5-10° ga ko‘proq qabul qilinadi.
Bo‘r va tuzning sochiluvchan xossalarining o ‘zgarishiga ulardagi
namlik ta’sir ko'rsatadi. Tuzning namligi 1 % gacha va bo‘rning
namligi 6 %gacha boMganda, yaxshi sochiluvchanlikka ega bo'ladi.
Q o v u s h q o q l i k .
Suyuq komponentlarning (melassa, y o g \
fosfatid konsentrati)
texnologik xossalari, asosan, qovushqoqligi
bilan belgilanadi. Omuxta yem sochiluvchan massasi bilan suyuq
komponentni bir tekisda aralashtirish aynan qovushqoqlikka
bog‘liq: qovushqoqlik qanchalik past b o lsa, aralashtirish shunchalik
yaxshi kechadi. Melassa, yog‘, fosfatid
konsentrati omuxta-yem
tayyorlashning texnologik jarayoniga kiritilganida isitiladi, chunki
isitishda ularning qovushqoqligi kamayadi.
O ‘z - o ‘z i d a n s a r a l a n i s h .
Tayyor omuxta-yem o ’lchami, shakli
va zichligi turlicha boMgan zarrachalar aralashmasi ko‘rinishida
bo'ladi.
Omuxta yem harakati jarayonida, ayniqsa, erkin tushishida
(silosida) zarrachalarning bir-biriga nisbatan o'zaro joylashuvi
sodir bo'ladi. Bu o ‘z-o‘zidan saralanish jarayonidir. 0 ‘z-o‘zidan
saralanishda nisbatan kichik zarrachalar pastga tushishi natijasida
omuxta-yem sifati buzilishi mumkin. M a’lum
darajada suyuq
komponentlarning kiritilishi sochiluvchan aralashmaning o'z-
o'zidan saralanish jarayoniga to‘sqinlik qiladi.
O m u x t a - y e m n i j o y l a s h t i r i s h v a s a q l a s h
M a’lumki omuxta yem murakkab tarkibli, hamda mikro-
organizmlar zararkunandalar tez rivojlanadigan
va tez buziluvchan
mahsulot hisoblanadi. Shuning uchun ular alohidajovlash va saqlash
tadbirlarini amalga oshiriladi.
266