10-ma’ruza. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish haqida tushuncha. Reja


Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha



Yüklə 430,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix27.09.2023
ölçüsü430,44 Kb.
#149713
1   2   3   4   5   6   7   8
OOIMvaA 10-ma\'ruza

Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha 
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlag’ichlarni
turkumlash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan 
energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta’sirning 
xarakteri, rostlsh'ich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga 
asoslanadi. 
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko‘ra rostlagichlar quyidagilarga bo‘linadi:
bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko’ra bevosita va
bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi 
organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’yektdan olingan energiyaning o‘zi bilan
ishlovchi rostlag’ichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi 
mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo‘shimcha energiya kerak
bo‘lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga 
ko‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr pnevmatik, 
pnevmogidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo‘linadi. 
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta’sirning xarakteri
jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo‘ladi. Uzlukli ishlovchi
rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmni faqat rostlovchi organi rostlanuvchi 
miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning
o‘zgarishi va rostlovchi ta’sir o‘rtasidagi bog’lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm 
rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga
ko‘ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom
(proporsional-integral), proporsional-differensial (oldindan ta’sir etuvchi statik),
proporsional-integral-differensial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo‘ladi. 
Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish
jihatidan rostlagichlar stabillovchi, dasturli va kuzatuvchi rostlagichlarga bo‘linadi.
Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi
xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Dasturli rostlagichlar maxsus programmani 
topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi miqdorning vakq bo‘yicha avvaldan ma’lum 
bo‘lgan programma (qonun) bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik
reglament talablariga muvofiq tuzilgan bo‘ladi. 
Proporsional rostlagichlar (statik) rostlagichlar deganda rostlovchi organning
rostlanuvchi parametri va topshirilgan miqdor orasidagi farqqa nisbatan proporsional 
siljishi tushuniladi. Rostlanuvchi parametrning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi va rostlovchi 


organning siljishi bir qonun bo‘yicha amalga oshadi. Rostlanuvchi parametrning har
bir miqdoriga rostlovchi organning ma’lum bir holati mos keladi. 
Integral rostlagichlar (astatik) rostlagichlar deb rostlanayotgan parametr topshirilgan 
qiymatdan chetga chiqarish rostlovchi organning rostlanuvchi parametrining chetga 
chiqishiga proporsional tezlikda harakat qilishiga aytiladi.
Astatik rostlagichlar ishlatilganda rostlanuvchi parametrning muvozanat qiymati 
yuklamaga bog’lik emas va statik xato nolga teng bo’ladi. Agar rostlanayotgan kattalik 
berilgan qiymatidan chetga chiqsa astatik rostlagich rostlovchi organni rostlanuvchi
kattalikning qiymati topshirilgan darajaga etguncha xarakatga keltirib turadi. 
O’zining dinamik xususiyatlari jihatdan integral rostlagichlar turg‘un emas, 
shuning uchun ham ular mustaqil qurilma sifatida ishlab chiqarilmaydi. 

Yüklə 430,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin