90
1
-ko‘tarma;
2
-o‘yma;
3
-I yarus;
4
-II yarus;
5
-supesli grunt;
6
-qumloq tuproq;
N
O‘
-
o‘yma chuqurligi;
I
Я
Н
va
II
Я
Н
- mos ravishda I va II yarusni chuqurligi.
O‘ymani ko‘ndalang va bo‘ylama yo‘nalishda o’yish mumkin. Birinchi
usul qisqa va keng o‘ymalarda, ikkinchisi - uzun bo‘lganda qo‘llanadi. Bu esa
ishchilar soni ko‘p bo‘lganda, ishni uzun frontda olib borish imkonini beradi.
6.2 O‘yma yoki grunt karyeridan grunt olib ko‘tarma qurish
O‘ymalardan olinadigan gruntlar ko‘tarmalarni qurish uchun ishlatiladi.
Faqat ayrim hollarda bu gruntlar ag’dargichga surib tashlanadi.
Bunday holat
tog‘ sharoitida yo‘l qurilishida ko‘p uchraydi. Ayrim hollarda grunt o‘ta
namlangan yoki minerologik tarkibi yaxshi bo‘lmagani sababli ko‘tarma uchun
yaroqsiz hisoblanadi. Ammo ko‘pincha ko‘tarma uchun grunt manbaini qidirish
lozim, chunki tekislik sharoitida yoki baland-pastligi kam joylarda o‘yma
ko‘tarmaga nisbatan kam bo‘ladi.
Gruntning asosiy massasi yo‘ldan har xil masofada joylashgan grunt
karyerlaridan olinadi. Asosiy ishlarni bajarish uchun buldozerlar, skreperlar,
ekskavatorlar va bilan frontal yuklagichli transport vositalari ishlatiladi.
Mashinalarni tanlash ishlab chiqarish sharoitiga:
gruntning tarkibi va holatiga,
tashish masofasiga, ishning muddati va hajmiga, mashinalar saroyining borligiga
bog‘liq. Gruntni kichikroq masofaga (100-150 m gacha) surishda buldozerlar
yoki frontal yuklagichlardan foydalaniladi, katta masofalarda – skreperlar,
ekskavatorlar va frontal yuklagichli transport vositalari ishlatiladi. 100 m gacha
tashish
qilishda buldozerlar, 100 dan 300 m gacha aravali skreperlardan
foydalanish samaralidir. Gruntlarni 2-2,5 km masofagacha tashishda yarim
aravachali skreperlar (o‘zi yurar) avtomobil-samosval bilan birgalikda
ishlayotgan, cho’michining hajmi 1,6 m
3
bo‘lgan bitta cho’mich ekskavatorga
nisbatan samaraliroqdir. Tashish masofasi 3 km gacha bo‘lganda
avtomobil-
91
samosval bilan birga ishlayotgan, cho’michini hajmi 1,6 m
3
dan kichik bo‘lgan
bitta cho’michli skreperlar ekskavatorga samaraliroqdir.
Gruntlarni tashish masofasi 2 km dan ortiq bo‘lganda ish unumdorligi 350
m
3
/soat bo‘lgan rotorli ekskavatorlardan foydalanilganda yer ishlari ancha
arzonga tushadi. Keltirilgan dastlabki xulosalarni taxminiy deb qarash kerak,
chunki umuman hisobga olinmagan yoki qisman hisobga olingan boshqa
ko‘pgina omillar ta'sir qilishi mumkin. Masalan,
ekskavator bilan birga
ishlayotgan avtomobillar. Gruntlarni tashish masofasiga va ekskavator
kovishining sig‘imiga mos keladigan avtomobilning muqobil yuk ko‘tarish
qobilyati bo‘ladi. Ob'ektdagi ish hajmi va boshqa omillar samaradorlik
ko‘rsatkichlariga ta'sir qiladi. Shuning uchun yetakchi mashinalarning muqobil
variantini tanlashda aniq sharoit har tomonlama
tahlil qilinadi va texnik-
iqtisodiy hisoblash bilan asosiy omillarni va ko‘rsatkichlarni hisobga oluvchi
yechim qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: