83
Keyinchalik hamma ishlar suvni pasaytiruvchi asbobsiz bajarilgandek
bajariladi. Drenajni yotqizish va transheyani ko‘mish bo‘yicha ish tamom
bo‘lganidan so’ng ninalifiltr ekskavator bilan olinadi.
5.4 Suv o‘tkazmaydigan va kapillyar to‘suvchi qatlamni qurish
2va 3tur namlanishdagi joylarda yo‘l
joylashganda, bug‘ holatidagi va
kapillyar suvlarni ko’tarilish hisobiga yo‘l poyining yuqori qismi va yo‘l
to‘shamasining namlanishini kamaytirish maqsadida suv o‘tkazmaydigan qatlam
yotqiziladi. Ular, hisobiy grunt va yuza suvlari sathidan ko‘tarmaning
qoshigacha bo‘lgan masofa yetarli bo‘lmaganda, yo‘l to‘shamasi tagining
namligini me'yorda saqlab turish uchun kerak bo‘ladi.
Suvbug‘ o‘tkazmaydigan
qatlamlar yo‘l
poyining hamma kenligi yoki
materialni, tejash maqsadida, har bir tomonidan 0,5 m uzaytirib qatnov qismi
kengligi bo‘yicha yotqiziladi. Suv o‘tkazmaydigan
qatlamlar har qanday
namlikning yo‘l to‘shamasiga o‘tishini to‘xtatadi.
Balandligi 1 m dan kichik ko‘tarmalarda, o‘simlik qatlami olingandan
so‘ng, grunt suvlari ko‘tarilishining oldini olish uchun joylardagi gruntlarni 5 -
10 sm chuqurlikda yumshatish, unga 2- 3 l/m
2
organk bog‘lovchi
material
quyish, freza bilan bir marta o‘tib aralashtirish yoki ikki-uch marta
avtogreyderda o‘tish va avval yengil katok, keyin og‘ir
katok bilan zichlab suv
o‘tkazmaydigan qatlam qurish mumkin. Bog‘lovchi material sifatida gudron,
qovushqoqligi 25/40 bo‘lgan suyuq bitum, neft, emulsiya, sa'noat chiqindilari –
stirol mahsulotlari, qayta ishlatilgan yog‘, flyus,
smolani regeneratsiyasi va
boshqalarni ishlatish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston sharoitida ko‘tarmaning balandligi 1 m dan oshganda,
ko‘tarmaning qoshidan (5.8-rasm) suvbug‘ o‘tkazmaydigan qatlam 0,6-0,8 m
chuqurlikda yotqiziladi. Bunday chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan qatlam
joylashsa, yuqorida yotgan gruntlar muzlashga uchramaydi.