98
Skreperlar nisbatan yengil gruntlarni kavlashda ishlatiladi. Ulardan
botqoqlik yo‘l bo‘laklari, o‘ta namlangan gilli gruntlar, sochiluvchan qumlar va
yirik toshlari bor gruntlarda foydalanib bo‘lmaydi.
Skreper bilan gruntlarni qirqish bir necha xil usulda (6.6-rasm) olib
boriladi.
6.6-rasm. Skreperlar bilan gruntni kavlash usullari (strelka
bilan skreper haraktining yo‘nalishi ko‘rsatilgan):
a-zich gruntlarda; b-bo‘sh gruntlarda; v-o‘rtacha zichlikda; g-qumlarda
Skreperning cho’michi to‘g‘ri
chiziqli harakatlanganda, gruntni katta
qalinlikda qirqiladi. To‘ldirish yo‘lining uzunligi 15-25 m. 3-6
o
qiyalikda
harakatlanib gruntni to’plash
maqsadga muvofiq, ammo katta qiyalikda grunt
cho’michga to‘liq kirmay, skreperning ishlashini og‘irlashtiradi.
Quruq qumli gruntlarda ular namlanadi yoki tepalikka 3
o
qiyalikda
harakatlanib to’planadi.
Gruntlarni kavlash o‘ymalarda yoki grunt
karyerlarida shaxmat ketma-
ketligida shaxmat-xashkash (6.7-rasm) yoki qovirg‘a-shaxmat (6.8-rasm)
chizmasi bo‘yicha olib boriladi.