100
jihozlangan gusenitsali traktorlar yoki gusenitsali traktorli buldozerlardan
foydalaniladi. Ayrim hollarda traktor-itargichlar o‘tish qiyin bo‘lgan yo‘l
bo‘laklarida qo‘llanadi.
Grunt olinadigan qalinligida yumshatilishi kerak, uni maydalanishiga yo‘l
qo‘yilmaydi, bu kovishni to‘ldirishni qiyinlashtirishi mumkin.
Skreperlar ishining samaradorligi yerli yo‘llarning tayyorgarligiga va
holatiga bog‘liq, ular traktorning 10 km/soat va tortuvchining 20 km/soat gacha
tezlikda harakatlanishini ta'minlashi kerak.
Yuklangan holatda harakatlanish yo‘nalishini hisobga olib, tepalikka
qiyalik 150‰ gacha, pastlikka - 200‰ gacha, ko‘ndalang qiyalik 100‰ gacha,
bo‘sh yo‘nalishga harakatlanish uchun mos ravishda tepalikka 200‰ gacha,
pastlikka 300‰ gacha, ko‘ndalang qiyalik 120‰ gacha shoxobcha yo‘llari
quriladi. Ikkala yo‘nalish bo‘yicha egrining radiusi 15 - 20
m dan kam
bo‘lmasligi kerak.
Bo‘sh skreperlarning harakatlanishidan yerli yo‘llarni tekislash va
rejalashda foydalanish mumkin.
Skreperlarni bo‘shatish faqat to‘g‘ri chiziqli kichik tezlikda
(3-4 km/soat) harakatlanib amalga oshiriladi. To‘kish gruntlarni qatlamlab
yotiqizishga imkon beradi. Pichog‘ining cheti grunt qatlamini kerakli qalinligiga
o‘rnatiladi.
Yo‘l poyini qurish ishlari
shunday tashkillashtiriladiki, bunda yuklangan
mashinaning bo‘shatilishi va harakat pastga yo’nalgan bo‘lsin. O‘ymalarni
o‘yish bitta yonma-yon ko‘tarmalarda yoki bir vaqtda ikkita ko‘tarmada olib
boriladi; ikkinchi holatlarda skreperning harakati o‘ymaga burilmasdan amalga
oshiriladi. Agar ikkita o‘yma va ko‘tarma yaqin joylashgan bo‘lsa, ularning
orasida ikkala o‘ymani bir vaqtda bitta ko‘tarmaga surib bajarish mumkin.
Skreper aylanishi uchun maydon kengligi cho’michining hajmi 3 m
3
bo‘lgan skreper uchun 7 - 8 m; cho’michining hajmi 6 m
3
bo‘lgan skreper uchun
12 m; cho’michining hajmi 10 m
3
bo‘lgan skreper uchun 15 m; cho’michining
101
hajmi 6 m
3
dan katta bo‘lgan skreper uchun 20 m belgilanadi.
Gruntni
cho’michga to‘liq olish uchun kavlangan joy uzunligi keraklicha bo‘lishi lozim,
ammo skreperning harakatlanish yo‘li - qayrilishlarsiz qisqa, (ayniqsa.
yuklangan skreperlar uchun) bo‘lishi kerak.
Skreperning ish unumdorligi
,
3600
Ю
Ц
В
Т
К
t
К
ТqК
П
(6.1)
bu yerda:
T
- ish smenasining davomiyligi, soat; q - skreper cho’michining
sig‘imi, m
3
;
K
T
- cho’michni to‘ldirish koeffitsienti (0,8 dan 1,2 gacha);
K
V
- vaqtdan foydalanish koeffitsienti (0,85 - 0,90);
K
Yu
- gruntni yumshatish
koeffitsienti (1.1 – 1,5); t
S
- ish siklining davomiyligi, s;
t
S
=t
1
+t
2
+t
3
+t
4
+t
5
, (6.2)
t
1
, t
2
, t
3
, t
4
, t
5
- mos ravishda gruntni to’plash,
yotqiziladigan joyga surish,
cho’michdan gruntni to‘kish, yuklaydigan joyga surish, uzatgichga uzatish
(o‘rtacha 60 sek olinadi) davomiyligi.
Masalan: ish siklining davomiyligii 221 dan 970 sek o‘zgarganda,
cho’michining sig‘imi 6,3 m
3
bo‘lgan aravali skreperning gruntni tashish
masofasi 100 dan 1500 m gacha bo‘lganda, ish unumdorligi 136 dan 31 m
3
/soat
ga o‘zgaradi.
Skreper yo‘l o‘qi bo‘ylab chetidan o‘rtaga
tomon harakatlanganda,
ko‘tarmalar parallel yo‘lakchalar shaklida to‘kiladi.
Karyerlarda o‘ymalarni qazish va ko‘tarmalarni qurish texnologiyasi
quyidagi jarayonlardan iborat:
ko‘tarmaning asosi, o‘ymani yoki karyer maydonini tayyorlash - buldozer
yoki skreper bilan o‘simlik qatlamini olish va uni zaxiraga surish;
102
katok yoki gruntlarni zichlashtiruvchi boshqa mashina bilan ko‘tarmaning
tabiiy asosini zichlashtirish;
yumshatgich bilan qatlamlab, gruntni kavlash davomida o‘yma yoki
karyerda gruntni bo‘shatish (agar grunt zich bo‘lsa);
o‘ymada yoki grunt karyerida itargich qo‘llab skreperdan foydalanish,
ko‘tarmaga tashish va loyihada keltirilgan qalinlikda yoyish;
ko’tarmada gruntni avtogreyder bilan qatlamlab tekislash;
katok yoki boshqa gruntlarni zichlashtiruvchi mashina bilan ko‘tarma
gruntini qatlamlab zichlashtirish;
ko’tarmaning
yuqori qismini, ko‘tarma va o‘ymaning yon qiyaligini
tekislash.
Tekislash uchun, yon qiyalikning qiyaligi va qiymatiga bog‘liq xolda
buldozerlar, avtogreyderlar, teleskopli qulochli
yoki maxsus qurilmali
ekskavatorlar qo‘llanadi.
Ko‘rsatilgan asosiy texnologik jarayonlardan tashqari, yerli yo‘llarni
qurish va saqlash, mustahkamlash uchun o‘simlik qatlamini yon qiyalikka
surish yoki o‘simlik qishloq xo‘jalik joylariga - yerni
rekultivatsiyasi uchun
surish ishlari bajariladi.
Dostları ilə paylaş: