113
Yo‘lovchilar yo‘lakchasini qurish qurilayotgan yo‘l poyining yuqori
balandlik sathi (7.2,
a-
rasm), yuqori qismi (7.2,
b-
rasm) va loyihaviy kesim
atrofida (7.2,
v-
rasm) amalga oshiriladi. Ayrim hollarda qoyatog‘ jinsari,
jarliklar va boshqa o‘tish qiyin bo‘lgan joylar bo‘lgani uchun yo‘lovchilar
yo‘lakchasini
loyihaviy kesimdan, ko‘pincha, tog‘ yonbag‘ri yuqorisidan
tashqariga chiqariladi.
7.2-rasm. Yo‘lovchilar yo‘lakchasi va ishchi o‘tish tokchasini qurish
Ishchi proezdni, ko‘pincha,
yo‘lovchilar yo‘lakchasini buldozer
yordamida 3,5 - 4,0 mga kengaytirib (7.2,
g-
rasm)
amalga oshiriladi, bu
o‘tuvchi transportlar va yo‘l mashinalarining ishi bir yerga to’plangan joyga
borishni ta'minlaydi.
Buldozerning ish unumdorligini oshirish, ishlatiladigan pichoqning
vertikal qirquvchi cheti bir tomonlama yemirilib ketmasligi
uchun tishlar bilan
kuchaytiriladi. Agar kavlanayotgan gruntda toshli qo‘shimchalar bo‘lsa,
buldozer pichog‘ining gorizontal qirquvchi cheti ham tish bilan himoyalanadi.
Bunday qo‘shimchalar ko‘p bo‘lsa, gruntni bo‘shatish (bo‘shatgich yoki
portlatuvchi modda yordamida) bilan buldozerning ish unumdorligi sezilarli
oshiriladi. Ishchi o‘tuvchi tokcha suvni vaqtinchalik o‘tkazgichlar bilan
jihozlanadi; agar imkoni bo‘lsa, loyiha kengligining yarmiga bo‘lsa ham, doimiy
suv o‘tkazuvchi inshootlar qilinadi.
Ishchi proezd ta'minlagandan so‘ng, ko‘prik, quvur, tirgovich devorlar
qurish va talab qilingan sutkali hajmdagi yer ishlarini
bajarishga kirishiladi,
ya'ni ishlab chiqarish loyihasiga mos ravishda kuchlarni eng maqsadli
joylashtirish uchun sharoit yaratiladi.
114
Yarim o‘yma qurishda yo‘l poyini to‘liq kesimda qurish 7.3-rasmda
ko‘rsatilgan chizmalardan biri asosida olib boriladi. Yer ishlarini ratsional
tashkil qilish chizmasi 7.3,
a
-rasmda ko‘rsatilgan, bu yerda ishchi proezdning
tokchasi yo‘l poyining loyihaviy belgisida joylashgan. Bu holda gruntni kavlash
tokchani yonbag‘ir tomonga ketma-ket (
II
,
III
,
IV
) surib kengaytirishdan iborat.
Bu yerda, gruntni kavlash usulidan qat’tiy nazar,
muhim yaxshi tomoni xosil
bo‘ladi, ya'ni doimiy transport oqimini ta'minlash oldin yaratilgan proezdni
tozalashdan xosil qilinadi, bu, ishni bajarishni yengillashtiradi. Bundan tashqari,
grunt bir marotaba kavlanadi, suriladi va loyihaviy kesimdan tashqariga
tashlanadi. Gruntni loyihaviy kesimdan tashqariga
tashlash uchun boshqa
chizma bilan ishlanganda uni bir necha marotaba kavlash va tashlash kerak.
Ishchi proezd 7.3,
a-
rasmda ko‘rsatilgan chizmadek bo‘lganda gruntni kavlash
ikkita buldozer, ekskavator, ekskavator va buldozer
yoki portlatish usuli
yordamida qolgan yumshatilgan gruntni buldozer bilan tozalab bilan birga
amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: