125
O‘lchami 1,00 X 1,00 X 0,16 m, qalinligi 0,3 m bo‘lgan
monolit beton
qoplamgacha bo‘lgan yengil yig‘ma turidan boshlab har xil konstruksiyalar
ishlatiladi.
Hamma turdagi beton qoplamalar qalinligi 0,1-0,2
mli chaqiqtosh yoki
shag’al qatlamiga yotqiziladi. Qiyalikning tag qismida ko‘tarma asosida yig‘ma
beton elementlari yoki monolit betondan tirgak qilinadi. Ayrim hollarda beton
tirgakdan tashqari toshli - tirgakli prizma (risberma) sochiladi,
suv bosadigan
qiyalikni mustahkamlashda avval toshdan suv sathidan 0,25 m yuqori (qurilish
davrida) belgigacha berma qilinadi. Mayda beton plitalar yon qiyalikka bir-
biriga bog‘lamasdan
yotqiziladi, yirik temirbeton plitalar sharnir bog‘lanish
hosil qiluvchi yoki chiqib turgan armaturasini payvandlab yoki maxsus detallar
orqali metall xomut (har tarafiga bittadan) bilan biriktiriladi.
Eng yirik plitali
qoplama ayrim karta xosil qilish uchun harorat chokidan maydalanadi. Material
va plitani qiyalikka, berma yoki yo‘l yoqasiga
joylashgan kran yordamida
uzatiladi. Materiallar va plitalar oldindan olib kelinadi va mustahkamlanadigan
qiyalik bo‘yicha tahlanadi. Plitalar ketma-ketlikda pastdan yuqoriga tekislangan
va zichlashtirilgan asosga yotqiziladi.
Zichlashtirish uchun tebratuvchi mashinalardan foydalaniladi.
Yo’l poyini mustahkamlash va uni saqlanishini, yo‘lning jarli hududlarida
ishlashini ta'minlashda zarur tadbirlardan biri-ularni mustahkamlash va yo‘l-
yo‘lakay ulardan foydalanishdir.
Jarlar yer eroziyasi turi bo’lib ko‘pincha, katta
buzilishlarga va foydali
qishloq xo‘jalik maydonlarini yo‘qotishga olib keladi. Jarlarni mustahkamlash,
shuningdek, yo‘lni jarli hududlardan o‘tkazish va bir vaqtda foydalanishning har
xil turi mavjuddir. Jarlarni mustahkamlash turlari
qidiruv ishlari asosida
aniqlanadi.