124
greyferli cho’mich bilan jihozlangan kran orqali uzatiladi. Yig‘ma elementlarni
montaj qilishdan avval o‘q chiziqlar qoziqlar yordamida belgilanadi.
Suvga
botmaydigan
yon
qiyaliklarni
mustahkamlash
uchun
panjarali
konstruksiyalardan tashqari qalinligi 10-15 sm shag’al yoki chaqiqtosh
yotqiziladi. Bu materialni yon qiyalikka yotqizilgandan va tekislangandan so‘ng
ekskavator-draglaynga montajlangan maydonli
titratgich yoki katok bilan
zichlanadi.
Quruq tumanli hududlarda
qumli ko‘tarmaning yon qiyaligini
bog‘lovchi materiallar va gilli grunt bilan ishlangan sheben, shag’al, gruntlardan
qoplama qilib mustahkamlash mumkin. Sheben (shag’al) yon qiyalikka 0,10-
0,15 sm qalinlikda yoyiladi. Qiyalikning asosiga material 1 m kenglikda tayanch
qilish uchun yoyiladi. Gilli gruntlarni ishlatilishi murakkab texnologiyani talab
qilgani uchun qiyindir. Quriganda gil qatlami
yorilib ketmasligi uchun
yotqizilgan gilga qum qo‘shilib yaxshilab aralashtiriladi.
Qumli gruntlarni mustahkamlash uchun organik bog‘lovchilar - bitum,
neft qoldiqlari va sa'noat chiqindilari qo‘llanadi. Yon qiyaliklar bog‘lovchi
qo‘yilib yoki qayta ishlangan gruntdan tayyorlangan aralashma bilan qayta
ishlanadi.
Yon qiyaliklarni suv yub ketmasligi va to‘lqinlar
buzmasligi uchun
Dostları ilə paylaş: