117
Ko’tarmaning yon qiyaligini tekislash yo‘l poyi yuzasini tekislashdan
so‘ng bajariladi, o‘ymalarda, aksincha, avval yon qiyalik, keyin o‘ymaning tubi
tekislanadi.
Yon qiyalik tekislangandan so‘ng, darrov
suv yuvib ketmasligi yoki
boshqa omillar ta'siriga uchramasligi uchun mustahkamlanadi.
Ko‘tarmaning yuzasi yoki o‘ymaning tubini tekislash avtogreyder bilan
amalga oshiriladi. Bu ishlarni avtomat boshqariladigan sistema bilan
qurollangan (masalan, “Profil P”, “Profil 30” kabi mashinalar bajaradi. Bu
sistemalar maxsus kopir tizimida, yo‘l poyining tekislangan yuzasida yoki lazer
yo‘naltiruvchi bo‘yicha ishlovchi, harakatlanuvchi
ishi datchikdan avtomat
sistemasining funksiyalanishiga asoslangan.
To‘g‘ri yo‘l bo‘laklarida bo‘ylama qiyaligi 30 ‰ gacha bo‘lgan yo‘l poyi
yuzasini va gorizontal egrili yo‘l bo‘laklarida tekislash lazer kopiri bilan,
vertikal egrili yo‘l bo‘laklarida - bikr kopir bilan amalga oshiriladi.
Lazer nurining aylanishida yaratilgan lazer sistemasi tayanch optik
tekislikka asoslangan.
Nurning aylanish chastotasi qurilish mashinasining surilish tezligiga
asosan olingan va 70-100 ayl/minni tashkil qiladi.
Avtogreyder qirquvchi ag’dargichining cheti lazer tekisligiga qat’tiy
ravishda parallel harakatlanadi. Lazer nurini bitta
pulti orqali bir vaqtda bir
necha mashinani boshqarish mumkin. Nurlantirgichning ta'sir masofasi 500 m
gacha bo‘ladi.
Bikr kopir qo‘llab tekislashda kopir sim (kopir trosi) ko‘tarma qoshiga
o‘rnatiladi. U bir-biridan 10-20 m masofada joylashgan metall qoziqqa
o‘rnatiladi. Kopir simning loyiha chizig‘idan balandligi taxminan 0,55 m
belgilanadi. U maxsus chig’ir bilan tortiladi va dinamometr bilan nazorat
qilinadi. Asosiy qoziqlar va kopir simlari nivelir bo‘yicha o‘rnatiladi.
Kopir simi bilan tekislashda shchup doimo nazorat qilinadi, ular bir-biriga
doimo tegib turishi kerak. Oxirgi jarayonlar (o‘tishlar)
kopir simisiz bajariladi,
118
chunki kopir sifatida birinchi o‘tishdan so‘ng xosil bo‘lgan tekislangan yuza
xizmat qiladi. Bu holda shchup o‘rniga kopir g‘ildiragi o‘rnatiladi.
Ag’dargichi
avtomatik
boshqarilmaydigan
avtogreyder
bilan
tekislanganda dastlabki tayyorgarlik maxsus qoziq yoki qoziqcha (7.5-rasm)
yordamida ishni belgilashdan iborat bo‘ladi. Qoziqda balandlikni belgilovchi
belgilar bo‘lib undan haydovchilar ag’dargichni ko‘tarish yoki tushirish
kerakligini belgilaydilar.
Dostları ilə paylaş: