109
tashqarisidan
shunday qilinadiki, unda yo‘l o‘qiga perpendikulyar bitta chuqur
bo‘lmagan transheya xosil bo‘lsin. Kesilgan grunt ko‘tarmaga
suriladi va
qatlamlab, 0,20-0,25 sm qalinlikda shuningdek yo‘l o‘qiga perpendikulyar
(gruntlarni zichlashtirish uchun qo‘llanadigan mashinalarga bog‘liq holda)
tekislanadi. Qirqishni birinchi transheyaga parallel holda undan 0,5-0,8 m
masofada olib boriladi. Keyinchalik qirqishni hamma
masofa uchun ketma-ket
qirqilib bu masofada ko’tarmaning birinchi qatlamining hammasi uchun grunt
olinadi. Ko’tarmaning birinchi qatlamini tekislab va zichlab bo‘lgandan so‘ng
transheya xosil bo‘lgan joyda yangidan grunt buldozer
bilan qirqiladi va shu
tariqa ko‘tarmaning ikkinchi qatlami uchun grunt olinadi. Bu jarayon bir necha
marotaba, ko‘tarmani qurish kerak bo‘lgan miqdorda bajariladi. Gruntlarni
kavlashda ko‘tarmaning oxirgi qatlami uchun transheya oralig‘ida “devor” xosil
qilinadi va undagi grunt ko‘tarmaning oxirgi qatlamiga suriladi.
Dostları ilə paylaş: