96
Gruntni “siqiq” holatda yoyishda (6.5,
d-
rasm) to‘plamning balandligi
1,0 - 1,2 m ga yetadi, ularni tekislagandan so‘ng 0,6 - 0,8 m qatlam xosil
bo‘ladi.
Ag’dargich gruntdan bo‘shagandan so‘ng mashinist
buldozerni dastlabki
holatiga qaytaradi. Gruntni surish masofasining uzoqliligiga qarab mashina
orqaga yurib (mashina orqaga aylanmaydi) yoki oldi bilan (mashina aylanadi)
harakatlanib, dastlabki holatiga qaytadi. Agar grunt 50 m dan kam masofaga
surilsa, buldozer bo‘sh yurishni orqaga yurib bajaradi.
Uncha chuqur bo‘lmagan (taxminan 6 m gacha) o‘ymalarni kavlab
olingan gruntdan ko‘tarmaga yondoshgan uncha katta bo‘lmagan yo‘l bo‘lagi
quriladi. Bu holda gruntni surish masofasi 100 m dan oshmaydi, shuning uchun
bunday ishlarga buldozer qo‘llanadi. O‘ymani o‘yish “yarusli-transheya” usuli
bilan bajariladi. Gruntni 20 - 25 m dan ko‘p masofaga
surishda oraliq uyumli
chizmadan foydalaniladi. Ko‘tarmani qurish ko‘pincha “qatlamlab” usuli bilan
amalga oshiriladi. Har bir qatlamda gruntni yoyish, ko‘tarmani eng uzoq
qismida, chetidan o‘rtaga qarab boshlanadi. Ishni, asosan, qamrab olish
masofasining ikkita ishchi qismda olib boriladi:
bittasida grunt yotqiziladi,
ikkinchisida zichlashtiriladi.
Ko‘tarmaning asosini tayyorlash va o‘yma egallab turgan maydondan
o‘simlik qatlamini olish asosiy ishlar boshlanishidan avval, yuzani tekislash va
yon qiyalikni mustahkamlash tugallangandan so‘ng bajariladi.
Har bir yarus va transheyani qazish ko‘tarmaga yaqin turgan o‘ymaning
oxiridan boshlanadi va qurilayotgan ko‘tarma qatlamining eng uzoq tomoniga
suriladi. Transheyalar orasidagi gruntni har bir yarus kavlangandan so‘ng,
ko‘tarmaning uzoq tomonidan boshlab, buldozerni transheyaga burchak ostida
harakatlantirib olinadi. U ko‘tarmada harakatlanganda grunt yo‘qotilishining
oldini olish maqsadida ag’dargichida qanotcha yoki ag’dargichli “xokandoz”
turidagi bor buldozerlardan foydalaniladi. Buldozerlarni juft ishlatish maqsadga
muvofiqdir, bunda o‘ymadagi ikki qo‘shni transheyadagi
gruntni qirqish uni
97
surish ikkita buldozer bilan bir vaqtda olib boriladi. Gruntni surib bo‘lgandan
so‘ng ko‘tarmaning bosh bo‘lagiga buldozerlar shunday suriladiki, bunda
ag’dargichlar orasidagi masofa 15 - 20 sm dan oshmasin. Shunday holatda
keyinchalik ular bir xil tezlikda gruntni umumiy to‘plam holatida yotqiziladigan
joyga suradilar.
Yonida “otkrыlka”si bo‘lmagan ag’dargichli buldozer bilan gruntni 25 m
dan ko‘p masofaga surishda grunt yo‘lda ko‘p yo‘qoladi. Bunday hollarda oraliq
yig’ilgan to‘plam xosil qilib, gruntni ketma-ket
surish taklif qilinadi, bunda
buldozer keyingi surish uchun gruntni to‘liq oladi.
Har bir to‘kilgan ko‘tarma qatlami avtogreyder bilan tekislanadi. Smena
oxirida hamma ko‘ndalang kesim va qamrab olish masofasi bo‘yicha grunt
qatlami to‘liq yoyilgan, tekislangan va zichlangan bo‘lishi kerak.
Bu esa
yomg‘ir yoqqanda suv oqimini ta'minlash uchun kerak.
Dostları ilə paylaş: