157
11.2 Yer ishlarining sifati nazorati va ularni qabul qilish qoidalari
Yo‘l poyini qurishda uning o‘qi va qoshi, balandlikdagi o‘rni, shuningdek,
yon qiyaligi amaldagi rejadagi loyihaviy geometrik o‘lchamiga nisbati
aniqlanadi.
Rejada va kesimda yo‘l poyini to‘g‘ri joylashishi loyihada keltirilgan
belgilarni joylarga tushirish va geodezik asboblar
yordamida bajariladigan
belgilash ishlarini to‘liqligi va aniqligi bilan ta'minlanadi. Yon qiyalikni
tekshirish lekalo-shablon yordamida bajariladi.
Yer ishlari va yo‘l poyini hisobga olish va qabul qilish:
kerakli
dalolatnomani rasmiylashtirmasdan va yo‘l poyini qabul qilmasdan (shuningdek,
buyurtmachining texnik ko‘rigi va loyiha tashkilotining mualliflik tekshiruvisiz)
yo‘l to‘shamasining konstruktiv qatlamlarini qurishga ruhsat berilmaydi.
Texnologik tanaffusda aniqlangan nuqson va kamchiliklar, sabablaridan qat'iy
nazar, topshiriladigan vaqtigacha tuzatilishi kerak. Yo‘l poyini oraliq
topshirguncha,
suv qochiruvchilar, drenajlar, tirgovich devorlar, ko‘chkiga va
muzlashga qarshi inshootlar oraliq qabul qilinadi. Bunda drenajlarni qurish
ishlari ayrim elementlar tayyor bo‘lgan sari qabul qilinadi (bo‘ylama drenajga
alohida oraliq qabul kerak). Ochilgan moxli
va dyornli qatlam torflar, to‘nkalar
olingandan so‘ng, yo‘l poyi asosi gruntini quritish yoki almashtirilgandan so‘ng,
tekislashdan avval yuzasida kopir tolasini o‘rnatish ishlariga tuzilgan
dalolatnoma bilan birgalikda qabul qilinadi.
Yo’l poyini qabul qilish davrida uning geometrik o‘lchamlari, reja va
bo‘ylama kesimda joylashishi, yon qiyaliklarning
qiyaligi va mustahkamligi,
rezervlar, berma, ariqlarning to‘g‘ri joylashganligi va rasmiylashtirilishi
tekshiriladi. Gruntli karyerlar, rezervlar va ag’dargichlar rekultivatsiya qilingan
holda topshirishga beriladi.
Yo‘l poyining kengligi va yon qiyaligi yo‘lning har bir kilometrida uchta
joyida shuningdek, qurish jarayonida gumon bo‘lgan joyda tekshiriladi.
Rejada
158
yo‘l poyining holatini tekshirishda ayrim burilish burchagi va ular orasidagi
to‘g‘rilarni o‘lchab, shuningdek, egrilarning bo‘linishini qo‘shimcha nazorat
qilinadi Yo‘l poyi bo‘ylama kesimining belgisi hamma piket va loyiha qiyaligini
o‘lchaydigan nuqtalarda tekshiriladi. Bunda yo‘l o‘qi belgisi,
qoshi va suv
qochiruvchi inshootning tubi tekshiriladi.
Yo‘l poyi gruntining sifati va zichlashtirish darajasi ishlab chiqarish
nazoratini bajarish bosqichlari hujjati va laboratoriya sinovlari bo‘yicha
tekshiriladi. Quvurlar ko‘milgan joyga va ko‘priklarga olib keluvchilarga
alohida ahamiyat beriladi. Yo‘lning har bir kilometrida uchta joydan kam
bo‘lmagan va qo‘shimcha
quvurlar ustida, ko‘priklar konusida nazorat
o‘tkaziladi. Yo‘l poyining balandligi bo‘yicha grunt turi o‘zgarganda mos
chuqurlikda qo‘shimcha sinov o‘tkaziladi.
Yo‘l poyining asosiy konstruktiv elementlari o‘lchamlarining ruxsat
berilgan og‘ishi ahamiyatli koeffitsienti
α
i
o‘rnatilgan qoidalar bilan ayrim ishlar
sifati
S
ni asosiy sifatni baholovchi o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha
O
i
baholashga imkon beradi:
n
i
i
n
i
i
i
i
i
i
n
O
O
O
O
S
1
1
2
1
2
2
1
1
, (11.1)
Loyiha, me'yoriy hujjatlarga o‘lchamlarning moslik darajasi «a'lo»,
«yaxshi» yoki «qoniqarli» baholanishi mumkin. Bu baholar shartli ravishda 5, 4
va 3 ballga tenglashtiriladi.
Yo‘l poyi sifatining umumiy baxosi
R
Dostları ilə paylaş: