162
Transport oqimi shovqini sanitariya me'yorlaridan oshmasligi zarur. Yo‘l
atrofidagi hududga ko‘rsatilgan salbiy ta'sirni kamaytirish maqsadida yo‘l
bo‘yida tashqi salbiy ta'sirlarga chidamli bo‘lgan yashil daraxtlardan himoya
mintaqasi yaratish kerak.
Qurilishni olib borishda shamol yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda ish
olib borish ma'qul. Yo‘lni qurish vaqtida, agar yo‘l qimmatli unumdor yerlardan
o‘tsa, o‘sha trassa o‘tadigan yerning
unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz
yerlarga tashib chiqariladi.
Aholi punktlaridan o‘tgan joylarda shamol yo‘nalishi hisobga olinib,
chang-to‘zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo‘nalishiga
teskari tomondan ish olib boriladi
Yo‘l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektr
stansiyalaridan
chiqqan qoldiq mahsulotlar, shlak, qotgan yoqilg‘i qoldiqlari,
fosforit qoldiqlarining atrof-muhitga ta'sirini hisobga olib, agar ta'siri kam
bo‘lsa, ular tavsiya etiladi.
Yo‘llardan uy hayvonlari o‘tadigan joylarda maxsus o‘tish joylari quriladi
va ularning xavfsizligi ta'minlanadi.
Avtomobil yo‘lini ta'mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik
oqibatlarni kamaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
-
yo‘l poyini qurishda ishlatiladigan gruntning changlanishiga yo’l
qo’ymaslik zarur;
-
toza suv oqib o‘tadigan yo‘l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar
(ohak. kul, bitum, sement kabi bog‘lovchi moddalar) tushib ketishiga yo‘l
qo‘ymaslik zarur;
-
sement maxsus ajratilgan
omborlarda saqlanishi, shamol ta'sirida ularni
changlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
-
qurilishda ishlatiladigan mahsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga
e'tibor berilishi kerak:
a) qurilish mahsulotlarining transportdan to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
163
b) yoqilg‘i moylarini yo‘llarga to‘kilib ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik
v) yo‘l poyidan suvni chetlatish chora-tadbirlarini ko‘rish;
-
aholi yashaydigan joylarda yo‘l chetini mustahkamlash, yo‘lga
ishlatiladigan mahsulotlarni tashishda yo‘lni saqlash ishlarini bajarish (yo‘lga
suv sepish, tekislab turish kabi).
-
yo‘l chetidagi daraxtlarni faqatgina loyihaviy ko‘rinishni ta'minlash
darajasida qirqish;
-
vaqtinchalik foydalaniladigan yerlarda rel'yefni
qayta tiklash ishlarini
amalga oshirish.
Elektr uzatish tarmoqlari qoplama yuzasidan quyidagicha vertikal
masofada bo‘lishi kerak:
6 m - 1 kv gacha
7 m - 110 kv
7,5 m - 115 kv
8 m - 220 kv
8,5 m - 330 kv
9 m - 500 kv
16 m - 750 kv
Elektr uzatish tarmoqlari ustunlarining yo‘l ko‘tarmasi chetidan uzoqligi
quyidagicha:
I-II toifali yo‘llarda:
5 m - 220 kv gacha
10 m - 330-500 kv
Qolgan toifadagi yo‘llarda:
1,5 m - 20 kv gacha
2,5 m - 35-220 kv
5 m - 330-500 kv