maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati to’lovlari va h.k.
-moliyaviy faoliyat xarajatlari:
banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar;
uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar;
valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar;
korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari.
-favqulodda zararlar:
bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi.
Yuqoridagilardan ko’rinib
turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy
xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi
va bu holat milliy hisoblar
tizimiga mos keladi.Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab
chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas.
Bularga ishlab chiqarishni boshqarish,
tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-
konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan
bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq.
Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan
ifodalangan xarajatlarning
yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan,
tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf
qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi.
Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va
takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini
yuksaltirishga imkon yaratadi.
Mahsulot tannarxi xarajat elementlari bo’yicha klassifikasiyalanadi.
Xarajatlarning iqtisodiy elementlari quyidagilardan iborat:
Xom ashyo va asosiy materiallar (chiqindilar kirmaydi);
Yordamchi va boshqa materiallar;
Yoqilgi;
Energiya;
Asosiy va qo’shimcha ish haqi;
Ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
Asosiy fondlar amortizasiyasi;
Boshqa pul xarajatlari.
Bundagi 1-4 – elementlar mehnat predmetlari uchun, 5 va 6 –
elementlar kishi mehnati uchun, 7 – element mehnat vositalari
uchun sarflangan pul xarajatlarini ifodalaydi. 8 – element esa ishlab chiqarishni normal amalga oshirish uchun zarur pul
xarajatlaridir (yollangan transport, xodimlarni xizmat safariga
yuborish, pochta, telegraf, o’qishga yuborilganlarga to’lanadigan
stipendiya va boshqa shu kabi xarajatlar).
Ishlab chiqarish xarajatlarini mazkur iqtisodiy elementlari bo’yicha klassifikasiya qilish tannarxning tuzilishini o’rganish
imkonini beradi. Birlik mahsulot uchun xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha mahsulot tannarxidagi xarajatlar
klassifikasiyalanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish jarayonida tutgan o’rniga qarab asosiy va qo’shimcha xarajatlarga ajratiladi. Asosiy
xarajatlar bevosita mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. Qo’shimcha xarajatlar korxonani xo’jalik jihatdan boshqarish
bilan bog’liq bo’lib unga ortiqcha xarajat va nobudgarchiliklar ham (jarima, kamomad, brak, bekor turishlar) qo’shiladi.
Mahsulot hajmi bilan bog’liqligiga qarab xarajatlar o’zgaruvchan va shartli doimiy xarajatlarga ajratiladi. O’zgaruvchan
xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgaradi (xom ashyo,
asosiy va yordamchi
materiallar, energiya, asosiy
ishchilarning ish haqi va h.k). SHartli doimiy xarajatlar mahsulot hajmi o’zgarishiga qarab o’zgarmaydi (boshqaruv xarajatlari).
Mahsulot hajmining ortishi shu xarajatlar hisobiga uning bir donasi tannarxining pasayishiga olib keladi.
Mahsulotlarning ayrim turlari orasida taqsimlanishiga qarab xarajatlar bevosita va bilvosita xarajatlarga ajratiladi.
Bevosita
xarajatlar ayrim mahsulotlar tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri qo’shiladi (xom ashyo yoki asosiy materiallar).
Bilvosita xarajatlar ayrim mahsulotlar turlari bo’yicha shartli ravishda qandaydir to’g’ri xarajat (masalan, ish haqi)ga nisbatan
proporsional ravishda taqsimlanadi. Xarajatlarni bunday guruhlarga ajratish bir necha xil mahsulot ishlab chiqaradigan
korxonalarga xos bo’lib, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarga hamma xarajatlar ham o’sha
mahsulot tannarxiga
kiradi.
Mahsulot tannarxining dinamikasini o’rganishning muhim shartlaridan biri o’rganilayotgan mahsulotning albatta solishtirma
tovar mahsulot bo’lishidir. Solishtirma tovar mahsulotga solishtirilayotgan ikki davr (bazis va joriy)da ishlab chiqarilgan va shu
bilan birga texnologiyasi, konstruksiyasi bir oz o’zgarsa ham lekin iste’mol xususiyati o’zgarmagan mahsulotlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: