Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional
joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning
ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning
barcha manbalariga
ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash
mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni
foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki,
juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan
bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va
tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat,
moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar;
- ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu
asosda tannarxni keskin pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish kerak. U ishning
metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy
mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning
yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;
3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi,
mahsulot
tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish
tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja
topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha,
korxonalarning o’zida hisob qilinadigan ko’rsatkich hisoblanadi. SHunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat ko’rsatkichlaridan
biri bo’lib qolaveradi. CHunki sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik
darajasini oshirish
rezervlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda
(masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Narx bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan
olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatining bozordagi ko’rinishidir.
Narx nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi
hisob-kitob, ulchov funksiyasi
iqtisodiy regulyator funksiyasi
raqobat vositasi funksiyasi
ijtimoiy himoya funksiyasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxning quyidagi turlari mavjud:
demping narx
nufuzli narx
milliy narx
arzonlashtirilgan narx
jahon narxi
yashirin narx
erkin narx
standart narx
kontrakt (ulgurji) narx
chakana narx
o’zgaruvchan narx
limit narx
muvozanat narx
Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o’zgarishlardan ham darak beradi.Narxlarning boshqa muhim
vazifasi – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni rag’batlantirishdir.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko’paytirishgina emas, balki ishlab
chiqarishning eng tejamli
usullarini ishlashni ham rag’batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish
sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab
sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Dostları ilə paylaş: