15.3-rasm. KMB muhitida ma’lumotlar bazasining shakllanisbi,
faollasbuvi va faoliyat yuritish texnologiyasi
15.2.
Axborotlar ni elektron usulda ishlab chiqish majmualari
Turli sohalarda hal etiladigan statistik
vazifalar foydalanuvchi
nuqtai nazaridan tartibga soluvchi va so ‘rov (tartibga solin-
maydigan) vazifalariga bo‘linadi.
Tartibga
soluvchi
vazifalar
deganda
statistik
hisobot
m a’lumotlarini qo'm itaning tegishli darajasida ishlab chiqish
vazifasi tushuniladi. Har bir tartibga soluvchi vazifa, qoidaga ko‘ra,
statistik hisobotning b a’zi bir aniq shakli
yoki bir necha shaklining
shakllanishi bilan bog‘liq.
Bunday vazifalam i echish uchun yaqin vaqtlarga qadar
axborotlami elektron usulda ishlab chiqish majmualari (AEICH)
378
yordamida
amalga
oshiriladigan
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan keng foydalanilgan.
Davlat statistika qo‘mitasida AEIChning ikki turi faoliyat
yuritmoqda, ular shartli ravishda tizimli va mahalliy AEICH deb
ataladi.
Hozirgi vaqtda AEIChdan foydalanish asosan tizimli xarakterga
ega, bu bir qator sabablar bilan belgilanadi:
Birinchidan, tartibga soluvchi
vazifalarni echishda Davlat
statistika qo‘mitasining turli darajadagi hisoblash qurilmalari
ishtirok etadi.
Ikkinchidan, AEIChning faoliyat yuritish texnologiyasi statistik
hisobotlar quyi darajadagi korxonalar va tashkilotlardan birlamchi
hisobotlami
kelib
tushishidan
boshlab,
Davlat
statistika
qo‘mitasning yuqori darajada yig‘ma hisobotlami (jadvallami)
ishlab chiqishiga qadar bo‘lgan barcha bosqichlami
qamrab oladi. Bunda har bir keyingi
darajadagi texnologiya
oldingi darajadagi texnologiyaning mantiqiy davomi bo‘ladi.
Davlat
statistika
qo‘mitasida
AEICH
loyihalashtirishni
avtomatlashtirish uchun m o‘ljallangan turli xildagi paketlar keng
qo‘llaniladi. Ulami ishlab chiqish asosiga quyidagilar kiritilgan:
a) turli tartibga soluvchi vazifalar uchun m a’lumotlami ishlab
chiqishni ta’minlovchi dasturiy modullaming yagona majmuasidan
foydalanishga asoslangan tashkiliy uslubiyot birligi;
b) axborotlami
ishlab
chiqishda iqtisodchilar,
operatorlar
mehnatining eng kam sarflanishi va SHK resurslaridan oqilona
foydalanishga ega iqtisodiy texnologiya;
v) vazifalar
parametrlariga
qayta
dasturlamasdan
ayrim
o ‘zgartirishlami kiritish imkoniyatini asoslab beruvchi statistik
vazifalar qo‘yilishidagi o ‘zgarishlar va qo'shimchalarga
nisbatan
dasturiy ta’minlanishning mosligi va k o ‘p variantligi;
g) barcha tartibga soluvchi vazifalar uchun m a’lumotlar ishlab
chiqish jarayonlarini qurishning yagona uslubiyotini asoslab
beruvchi turlarga ajratish va bir shaklga keltirish;
d) axborotlardan ko‘p marta va ko‘p vazifali foydalanish
maqsadida ulami hisoblash tizimiga bir
marta kiritishni asoslab
beruvchi m a’lumotlami ishlab chiqishning integratsiyasi.
379
Axborot xizmati ko‘rsatish vazifalarini echish uchun axborot-
kommuni-katsiya texnologiyalarining ikki turi:
Dostları ilə paylaş: