KIRISH
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtiso-
diyot va jam iyat hayotining barcha sohalarida
zamonaviy axborot
texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya
vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan
foydalanishda, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-
ehtiyojlarini yana-da to‘liqroq
qondirishda, jahon axborot ham-
jamiyatiga kirishda hamda jahon axborot resurslaridan bahramand
bo'lishni kengaytirishda «Axborot-kommunikatsion texnologiyalar
va tizimlar» fanini o'qitish katta ahamiyatga egadir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АКТ)
inson jamiya-
tining barcha sohalariga kirib bormoqda. Boshqaruv masalalarini
echishda zamonaviy axborot texnologiyalarining о ‘mi nihoyatda
ahamiyatga ega. Ushbu fan talabalarga АКТ sohasidan fundamental
nazariy bilimlami berishga qaratilgan bo‘lib, asosiy qo‘llaniladigan
texnik va dasturiy vositalarini qamrab olgan.
Shu bilan birga, fanni
o‘qitish maqsadi talabalarda kom p’yuter texnikasi va axborot
texnologiyalarini qo‘llash bo'yicha amaliy ko‘nikmalarini shakl-
lantirishga qaratilgan.
«Axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar» fani
talabalarda
zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va
instrumental vositalardan foydalanish usullari, hisoblash jarayon-
larini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari
bilan chuqur hamda har
tomonlama tanishtirish, matnli va jadvalli axborotlami qayta ishlash
dasturlarining funksional imkoniyatlari bilan ishlash, boshqaruv
jarayonlarida shaxsiy kom p’yuterlardan
foydalanishning nazariy
asoslari va ulami milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga
tadbiq qilish usullarini o ‘rgatish, m a’lumotlar bazasini boshqarish
tizimlari va ob’ektga m o‘ljallangan dasturlash tillarini o ‘qitish,
Internet tizimi va lokal hisoblash tarmoqlarida ishlash uchun amaliy
ko‘nikmalami berish bilan qurollantiradi.
1-mavzu. FANGA KIRISH
1.1. “Axborot kommunikatsiya tizim lar va texnologiyalar”
fanini ta ’rifi, mohiyati va o'qitish maqsadi va vazifalari.
1.2. “Axborot kommunikatsiya tizim lar va texnologiyalar”
fanining Mantiqiy-tuzilmaviy sxemasi.
1.3. Axborot tushunchasi. A xborot
texnologiyalarining
turlari, jam iyatda va kundalik hayotimizda tutgan o'rni.
1.4. Komputer va uning turlari.
Dostları ilə paylaş: