1.3. Axborot tushunchasi. Axborot texnologiyalarining
jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o‘rni
Axborotlashgan jam iyat
-
bu ishlayotganlaming ko'pchiligi
axborotlami va uning oliy shakli bo‘lgan bilimlarni ishlab chiqish,
saqlash, qayta ishlash va foydalanish bilan band bo‘lgan jamiyatdir.
Olimlar axborotlashgan jamiyatning o ‘ziga
xos quyidagi
xususiyatlarini keltirishadi:
• axborot inqirozligi muammosi hal bo‘ladi, ya’ni axborot
tanqisligi bilan axborotlaming ko‘pligi o ‘rtasidagi
qarama-qar-
shilikka bartaraf beriladi;
• boshqa resurlarga nisbatan axborotning prioritetligi ta’min-
lanadi;
• milliy iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy shakli bo‘lib
axborotlashgan iqtisod hisoblanadi;
• jamiyatning negiziga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari asosida bilimlarni avtomatlashtirilgan usulda yig'ish,
qayta ishlash va foydalanish yo‘lga qo‘yiladi;
• inson faoliyatining barcha
jabhalarini qamrab olgan holda,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari global tus oladi;
• barcha inson taraqqiyotining axborot yagonaligi shakllanadi;
• axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida “yangi” va
“eski” iqtisodiyot farqlanmoqda;
• taraqqiyotning barcha axborot resurslariga informatika vosi-
talari asosida har bir insonning erkin kirishi amalga oshadi.
A xborot industriyasi
- bu eng zamonaviy axborot-kommu
nikatsiya texnologiyalari asosida axborot mahsulotlari va xiz-
matlarini (gazetadan tortib, jurnal, kitob, kompyuter o'yinlari va
kompyuter tarmoqlaridagi axborotlargacha) keng ko'lam da
ishlab
chiqarishdir.
Axborot industriyasi o ‘z tarkibiga quyidagilami qamrab oladi:
- axborot xizmatlari (avtomatlashtirilgan m a’lumotlar bazasi,
institut, agentlik, kutubxonalar);
- axborot tashuvchilami ishlab chiqish (kitob, gazeta, m a’lu-
motnoma va boshqalar);
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (ShK,
terminallar,
printerlar va boshqalar);
- integral texnologiyalar;
-
aloqa kanal va vositalari
(telefon, telegraf,
elektron va ananaviy
pochta, sun’iy yo‘ldosh, radio, tele-
videnie va boshqalar).
Dostları ilə paylaş: