Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
-
obyektning
(axborot mahsu-lotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi
xususiyati to ‘g ‘risida axborot olish uchun m a’lumotlami yig‘ish,
qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan
foydalaniladigan
jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi - inson
yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish
sanaladi.
Moddiy
Axborot
resurslar
Mahsulotlar
M a’lu-
motlar
mahsuloti
Moddiy ishlab
chiqarish
texnologiyasi
Axborot-
kommunikatsiya
texnologiyalari
2.1 - rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari moddiy resursiarni
qayta ishlash texnologiyasining analogi sifatida.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining maqsadi esa -
axborot ishlab chiqarish bo‘lib, uni tahlil etish va uning asosida
biror-bir harakatga qo‘l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
M a’lumki, bitta va faqat o ‘sha moddiy resursga nisbatan har xii
buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotlami qayta ishlash
texnologiyasiga nisbatan ham shunday bahoni bersa bo‘ladi.
A xborot-kom m unikatsiya texnologiyalari. Axborotlami yi-
g'ish, uzatish, to ‘plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va
foydalanish uslublari va usullari tizimi
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
deb yuritiladi.
Moddiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy
komponentlarini qiyoslash 2.1-jadvalda berilgan.
13
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari avtomatlashgan va
an’anaviy (qog‘oz) ko‘rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish
hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texno-
logiyaning mohiyatiga bog‘liq.
A vtom atlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va
mexanizmlar bilan almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va
iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar hamda tadbirlar kom-
pleksidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv
jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini
qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
A vtom atlashtirish qachon z a ru r b o ‘Iadi? Quyidagi hollarda
boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnolo-
giyani avtomatlashtirish zarur bo‘ladi:
• insonning fiziologik va psixologik imkoniyati
mazkur
jarayonni boshqarish uchun etarli bo‘lmasa;
• boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun havfli
muhitda b o isa;
•boshqaruv jarayonlarida ishtirok etish kishidan o ‘ta yuqori
malakani talab ctsa;
•boshqarish kerak bo‘lgan jarayon o ‘ta tang yoki avariya
holatida bo‘lsa.
Milliy iqtisodiyotni boshqarishda axborot tizimlarining tashkil
qilinishi
va
faoliyat yuritishi
avtomatlashtirilgan axborotlar
tizimining (AAT)ning asosiy tarqibiy qismi - axborot texno
logiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq.
Avtomatlashtirilgan
axborot texnologiyalari (AATex)
-
boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rivojlangan dasturiy ta ’min-
lanish, hisoblash tcxnikasi va aloqaning foydalanilgan vositalari
hamda axborotlami mijozlarga taklif qilishning usullarini qo'llash
asosida axborotlami yig‘ish, ro‘yhatga olish, uzatish, jamlash,
qidirish, ishlab chiqish va himoyalash opcratsiyalarini amalga
oshirish usullari va vositalarining tizimiy tashkil qilingan majmuidir.
Texnologiya deganda keng m a’noda uch xil: axborotli, uskunaviy
va ijtimoiy nuqtai nazarlami o ‘z ichiga oluvchi moddiy boyliklami
ishlab chiqarish haqidagi fan tushuniladi.
14
|