Axborot butligining
buzilishi niyati yomon shaxs tomonidan
qasddan amalga oshirilishi, shuningdek tizimni o ‘rab
turgan
muhitning obyektiv ta’sirlari natijasida sodir bo‘lishi mumkin.
Bu tahdid kompyuter tarmoqlari va telekommunikatsiya
tizimlari kabi axborot uzatish tizimlari uchun tegishli. Axborot
butligini qasddan buzishlami uni ruxsat etilgan o ‘zgartirishlardan
farqlash lozim, chunki bu o‘rinda o ‘zgartirishlar vakolatli shaxslar
tomonidan aniq maqsadlarda amalga oshiriladi.
Tizimning
ishlash
imkoniyatlariga
qarshi
qaratilgan
tahdidlar
shunday holatlami yuzaga keltirishga qaratilganki,
bunda
qasddan amalga oshirilgan
xatti-harakatlar AXning
ishlash
imkoniyatini pasaytiradi yoki uning ayrim zahiralariga kirish
imkoniyatini butunlay to'sib qo‘yadi.
Beruxsat kirish (BRX) kompyuter buzg‘unchiliklarining eng
keng tarqalgan va ko‘plab ko‘rinishlarga ega turidir. Beruxsat
kirishlaming
mohiyati shundan iboratki, bunda foydalanuvchi
(buzg‘unchi) muayyan tashkilotda qabul qilingan xavfsizlik
siyosatiga muvofiq belgilangan kirishini chegaralash qoidalarini
buzgan holda tizimga kira oladi. Beruxsat
kirish uchun himoya
tizimidagi har qanday xato ham qo‘l keladi hamda u himoya
vositalari noratsional tanlanganda, ular pala-partish o‘matilgan yoki
sozlanganda yuz berishi mumkin. Beruxsat kirish AXning shtatdagi
vositalari
orqali ham, maxsus shuning uchun yaratilgan apparat va
dasturiy vositalar orqali ham amalga oshriladi.
Beruxsat kirishlaming nihoyatda k o ‘p yo‘llari va usullaridan
eng keng tarqalgan va o‘zaro bog‘liq b o ‘lgan quyidagi turlarida
to ‘xtalamiz:
• parollami tutib olish;
• «maskarad»;
• imtiyozlardan noqonuniy foydalanish.
Dostları ilə paylaş: